Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Terminal bosh og‘rig‘i tugadi. To‘lovlarni qabul qilishning yangi tizimi ishga tushdi
CLICK kompaniyasi barcha tadbirkor va savdo nuqtalarida plastik kartalardan to‘lovlarni qabul qiluvchi virtual terminallarni ulatishning yangi imkoniyati haqida xabar qilmoqda.
CLICK kompaniyasi taqdim qilayotgan Indoor-to‘lovlar yechimi istalgan savdo do‘koni va xizmat ko‘rsatish nuqtasida qisqa vaqt ichida joriy qilinishi mumkin va bankdan real savdo terminalini olmasdan turib mijozlarning plastik kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish imkonini ochib bermoqda.

Ushbu yechim yordamida har bir chakana savdo nuqtasi uchun oddiy terminallarning to‘lov funksionalidan qolishmaydigan, aksincha bir qator afzalliklarga ega virtual terminal ochiladi. Shunday savdo nuqtalarning mijozlari to‘lovlarni bevosita o‘z mobil telefonlari orqali amalga oshirishlari mumkin va mablag‘lar shu zahoti sotuvchiga SMS bilan birga kelib tushadi. Bunda to‘lovni amalga oshirishda internetga ulanish talab qilinmaydi va to‘lovlar elektr energiyasi bo‘lmagan paytda ham bajarilishi mumkin.

Mijozlar va sotuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida operatsiyalarni turli uslublarda bajarish imkoniyatlari yaratilgan: USSD-menyu orqali, qisqa USSD-so‘rov yordamida (*880*sotuvchining_kodi*summa#), mobil ilova orqali va shu bilan birga kassir yoki sotuvchi tomonidan hisob chiqarish uslubida. To‘lovlarni yanada operativ tarzda amalga oshirish uchun har bir savdo do‘koniga QR-kodi taqdim qilinmoqda. Ushbu QR-kod smartfon orqali munosib ilovalardan biri yoki yangilanayotgan va yaqin vaqt ichida taqdim qilinadigan CLICK mobil ilovasi orqali o‘qilishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan Indoor-to‘lovlar imkoniyatini ulatish uchun tadbirkorlar o‘zlarining xizmat banklariga yoki CLICK tizimi bilan hamkorlik qilayotgan istalgan bankka murojaat qilishlari zarur. Bankda ro‘yxatdan o‘tayotganda tadbirkorlarga va savdo do‘konlarining egalariga to‘lovlarni qabul qilish uchun unikal kod belgilanib, QR-kod taqdim etiladi.

“Indoor-to‘lovlar O‘zbekistonimiz uchun yangi bir yo‘nalish va bizning taklifimiz bir qator afzalliklarni kiritib kelmoqda: an'anaviy to‘lovlarga qaraganda ushbu to‘lovlar ancha tezroq o‘tadi, kartalarining PIN-kodlarini birovlarga e'lon qilishning keragi qolmaydi, va, shu bilan birga, plastik karta yoningizda bo‘lmagan taqdirda ham xaridlaringiz uchun to‘lovlarni amalga oshirishga imkoniyati ochilmoqda”, - deb ta'kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.
Mavzuga oid
17:00 / 09.12.2025
Ma’noli sovg‘alar ulashing: payme Yangi yil arafasida ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga chorlamoqda
19:00 / 19.02.2025
Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?
14:43 / 30.01.2025
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi
12:00 / 18.07.2024