Muxlislar O‘zbekiston MTJni o‘rtoqlik uchrashuvida kamchilik bo‘lib o‘ynab mag‘lub etishni va'da qilishdi

O‘zbekiston terma jamoasining 2 iyun kuniga belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvi ikki marta bekor bo‘lgani futbol muxlislarining g‘azabini junbishga keltirmoqda. Alamzada futbol muxlislari O‘zbekiston terma jamoasini o‘zlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga chorlamoqda.
Bugun feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlardan biriga bir guruh muxlislar nomidan post qo‘ygan foydalanuvchi postida o‘z avtomobilining orqa oynasiga O‘zbekiston MTJga murojaatini joylashtirgani ko‘rsatilgan suratni ko‘rish mumkin. Murojaatda professional futbolchilik bilan shug‘ullanmaydigan futbol ishqibozlari o‘rtoqlik uchrashuvi uchun raqib topa olmayotgan milliy terma jamoani o‘zaro uchrashuv o‘tkazishga chaqirilgan. U mahalla bolalari MTJga qarshi 2 kishi kam bo‘lib o‘ynab, raqibning har goliga 2tadan javob qaytara olishini iddao qilgan.
U O‘zbekistonda futbolchilik bilan shug‘ullanmaydigan va terma jamoa futbolchilaridan zo‘rroq o‘ynaydigan yigitlar juda ko‘pligini qo‘shimcha qilgan.
Undan agar terma jamoa bu "yarmi hazil, yarmi chin" taklifni qabul qilgudek bo‘lsa, qanday yo‘l tutilishi so‘ralganida, voqealarning bunday tadrijiga tayyorligi, ma'lum kun belgilansa, tarkib tuzib, o‘yin o‘tkaza olishlarini aytgan.
U bu tashabbusi orqali O‘zbekiston futbolida yuzaga kelayotgan muammolarga e'tibor qaratish istagida ekanini bildirgan.
FIFA kunlari doirasida 2 iyun kuniga avvaliga Qirg‘iziston bilan, keyinroq esa Ekvator Gvineyasi termasiga qarshi o‘yinlar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Bu vaziyat keyingi ikki kunda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek sferasi tomonidan eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzu bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzoladi
Jahon | 07:48
-
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in kelib chiqdi
Jamiyat | 07:39
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53