Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev boşçiligida mamlakatimiz sud-huquq tizimini liberallaştirişga qaratilgan kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillaştiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni hamda “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”, “Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi töğrisida”, “Sudlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga, “Özbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xöjalik protsessual kodekslariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi, “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi kabi qator Qonunlarning qisqa vaqt içida qabul qilinganligi fikrimiz tasdiğidir.
Mazkur huquqiy hujjatlar sohada ulkan özgarişlar yasalişiga mustahkam asos bölişi, şubhasiz. Ammo sud-huquq tizimida hali ham özibölarçilik, fuqarolarni sarson qiliş, poraxörlik kabi kamçilik va jinoyatlar töla barham topmaganligini hayotning özi körsatib turibdi. Jumladan, bu töğrida mamlakatimiz rahbari joriy yilning 13 iyun kuni Toşkent şahrida sud organlari tizimida odil sudlovni ta'minlaş borasidagi işlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişida ta'kidlab ötdi.
Sangzor.uz saytida “Jizzax haqiqati” gazetasining maxsus muxbiri Alijon Abdusattorov tomonidan e'lon qilingan maqolada esa mazkur islohotlarga qarşi ölaroq joylardagi sansolarlik, byurokratizm va rahbarlar tomonidan döq-pöpisali xatti-harakatlar tilga olingan. Mazkur maqola quyidagi mazmunga ega:
“Prezidentimiz aniq misollar orqali sudlar tomonidan yöl qöyilayotgan kamçiliklar va qonunbuzarliklar haqida batafsil ma'lumot beriş asnosida qonunbuzilişlarga nisbatan keskin çoralar körilajagini va sud tizimi tomonidan yöl qöyilgan har bir adolatsizlik davlatga xiyonat ekanligini bildirdi. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etiş, sudlar faoliyatini moddiy texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlaş departamenti tizimini prokuratura organlari ixtiyoriga ötkazişga doir töxtam ham Yurtboşimizning bu boradagi vaziyatdan, xalqimiz hayotidan teran xabardor ekanligini körsatib turibdi.
Şu örinda mavzuga doir bir voqea haqida sözlab berişga ruxsat etsangiz. Oçiği, dastlab mazkur mavzuda yozişga ikkilandim, ammo Prezidentimizning odil sudlov orqali inson manfaatlarini ta'minlaş töğrisida kuyunçaklik bilan bildirgan fikrlari meni qalam tutişga undadi. Ikkalanişim sabablarini ham quyiroqda bilib olasiz.
Mavzuga oid
T U H M A T
Kutilmaganda suddan çaqiruv qoğozi oldim. Ammo nima uçundir çaqiruv qoğozida sud nomi va menga qança jarima belgilanganligi hamda sana körsatilişi kerak bölgan joy oçiq qoldirilgan edi.
Çaqiruv qoğozidagi öz ixtiyorim bilan sud ijroçilarining Jizzax şahar bölimiga bormasam, bu işga militsiya kirişişi va mendan 1 million 497 ming 750 söm undirilişi töğrisidagi jumlalar qoğoz quyisida keltirilgan B.T.Çöliboyevning telefon raqamiga sim qoqişga undadi.
Sudga çaqiruv qoğozi
Telefonni ayol kötardi. Uning ovozidan sudda işlamasligini sezsam ham söradim: “Mabodo siz sudda işlamaysizmi?”. Inkor javobini olgaç, Çöliboyevni suriştira boşladim. Ma'lum bölişiça, çaqiruv qoğozidagi telefon raqami notöğri ekan. Atay qilinganmi yoki adaşiş bölganmi, bir narsa deyiş qiyin. Qisqasi, “Jizzaxşahargaz” 890 ming 550 söm qarzi bor, deya meni sudga beribdi. Ammo qarzim yöqligini juda yaxşi bilardim.
Sud ijroçisi Bobur Çöliboyevdan vaziyatning yeçimi xatlov, sud va ijro xarajatlarini tölaş ekanligini bilib oldim. Xatlov davomida gaz uçun 190 ming sömdan köproq mablağni oşiqça tölaganligim aniqlandi. 398 kub gaz uçun oldindan tölov qilganligim töğrisida “Jizzaxşahargaz”dan ma'lumotnoma oldim. Aslida gaz uçun bundan-da köproq pul tölaganman. Sönggi 200 ming sömlik tölovim korxona hisobiga 23 kun ötsa ham kirim qilinmabdi(?!).
“MAZANGNI QOÇIRAMAN...”
Qarzim yöqligi töğrisidagi ma'lumotnomani olib, sud ijroçilarining Jizzax şahar bölimiga bordim. Bobur Çöliboyev yöq ekan, uning hamxonasi Jahongir Ramizovga uçraşdim. Jahongir Ramizov ijro yiğimi va sud uçun davlat bojini tölaşim şartligini aytdi, men esa qarzim bölmasa nima uçun tölov qilişim kerakligini bildirdim. U qöpollik bilan tölov qilmasam, jarimaga tortişini aytib, hujjatlarim ustiga “Tölovdan boş tortdi” deb yozib qöydi. Uning muomalasi ustidan şikoyat qilmoqçiligimni bayon qildim va “Şikoyat qilavering, men bu yerda jamoatçilik asosida işlayman, biroq şunday bölsada mazangizni qoçirib qöyiş qölimdan keladi”, degan javobni eşitdim.
Mana şu gap ortiqça edi, nazarimda. Qarzing bölmasa, oldindan tölov qilgan bölsang-da “qarzdor” deb sudga berişsa, kamiga “jamoatçi” mazangni qoçirmoqni va'da qilsa. Yigitça bu gaplarni yuragi xasta biror qariyaga aytsa bormi...
Şunday qilib, boşimdan ötganlari haqida yozişga qaror qildim. Töğri, odamning özi haqida yozişi noqulay, buyoği kasb etikasi. Ammo gaz ta'minoti idorasidan sudga berib yuborilganlar juda köpçilikni taşkil qilişi meni bu işga undadi. Şu örinda sud ijroçilarining Jizzax şahar bölimi boşliği Olimjon Qiliçbekovning mazkur masalalar böyiça bildirgan fikrlari:
— Sud orqali mablağ undirişga doir işlarning 60-70 foizi “Jizzaxşahargaz” hissasiga töğri kelayapti. Yana ham qiziği, ular tomonidan sudga berilganlarning 50 foizi aslida qarzdor bölib çiqmayapti. Jamoamizda 12 xodim işlaydi, “Jizzaxşahargaz” tomonidan işning sun'iy tarzda köpaytirilayotganligi bizni ham qiynab yuborayapti. Taşkilotning odamlarga moddiy va ma'naviy zarar yetkazayotgani ham bor gap. Ammo sud buyruq çiqargaç, bajarişga majburmiz. Elektr ta'minoti korxonasida bu borada iş tartibga tuşib qolgan, ammo gaz idorasida hisob-kitob yöq. Xodimimiz Jahongirga keladigan bölsak, uning uçun uzr sörayman, yoşda...
Boşliqning xonasidan çiqqaç, reja tuza boşladim. Meni sudga berganlarni men ham sudga beraman, moddiy va ma'naviy zararni undiraman. Mayli sud va ijro xarajatlarini tölayman. Şu maqsadda “mazamni qoçirmoqçi” bölgan Jahongirga uçraşdim. U niyatidan qaytmagan ekan. Yigitça tölov qoğozida ijro yiğimi uçun 8 ming 905 söm tölaşim kerak bölgan joyga 89 ming 5 söm yozib beribdi. Xullas, Jahongir mendan 80 ming söm köproq yulmoqqa bel boğlagan. U jamoatçilik asosida işlaydi, balki şu yöl bilan pul topar, yana kim biladi?
Sud ijro tölov qoğozi
Bitta idoraning işida "çalkaşlik"larning bunçalik köpligi hayratimni oşirdi. Çaqiruv qoğozini eplab töldirişmasa, telefon raqamini notöğri yozişsa, yana çöntagingga köz olaytirişsa... bu yerda ahvol şunday bölsa, boşqalardan öpkalaşga hojat bormi?
BARIBIR TUXUM SINADI
Umuman olganda, bu idoralarda hujjatlarni töğri rasmiylaştiriş urfdan qolgan körinadi. Fuqarolik işlari böyiça Jizzax tumanlararo sudining sudyasi O‘.Razykov çiqargan sud buyruği şunday xulosaga undaydi. Buyruqda meni Jizzax tumani, Axborot texnologiya kollejida tuğilgan, deb yozişibdi. Aslida kamina Ğallaorol tumanida tavallud topganman. Jizzax tumanidan ekanmanu, buni bilmasdan ötib ketişimga sal qolibdi. Aytgança, Şarof Raşidov tumanida tuğuruq kollejda qabul qilinadimi?
Xullas, sud va ijro xarajatlarini tölab, sudga ariza yozdim. Topşirgan hujjatlarimda kamçilik bor, deb ikki marta qaytarişdi. Qaytarişlarning asl sababi sud xarajatlarini yana menga tölatiş edi. Qisqasi, gazçilar meni sudga bersa ham, ularni men sudga bersam ham sud xarajatlarini kamina tölaşi kerak ekan. Naqlda aytilganidek, toşga tuxum urilsa ham, tuxumga toş urilsa ham tuxum sinadi.
Ortiqça çopa-çopga vaqtim ham, xohişim ham yöqligi sabab sudlaşişdan voz keçdim. Endi meni qanday hujjatlar asosida sudga berilganim qiziqtirardi, şu töğrida intervyu olişga harakat qildim. Ön martalar telefon qilib, fuqarolik işlari böyiça Jizzax tumanlararo sudi raisining vaqti yöqligi yoki özi telefon qilajagi töğrisidagi javobdan özgasini ololmadim. Şundan söng fuqarolik işlari böyiça viloyat sudiga telefon qildim. Agar intervyu olişimga qöyişmasa, Oliy sudga çiqiş niyatim borligini bildirdim.
Sud buyruği
Meni sudya Sobir Kuliyev qabul qildi va savollarimga quyidagiça javob qaytardi:
— Gaz ta'minoti idoralari Soliq kodeksiga muvofiq, sudga tölanadigan davlat bojidan ozod qilingan. Şu sababli ikki holatda ham sud xarajatlarini siz tölaşingizga töğri keladi. Sörayotgan masalangiz böyiça intervyu uçun Oliy suddan ruxsat olişingiz kerak, bu töğrida Oliy sudning körsatmasi bor. Körsatmani köriş uçun fuqarolik işlari böyiça viloyat sudining raisiga yozma murojaat qilişingiz zarur.
Fuqarolik işlari böyiça viloyat sudidan çiqib ketar ekanman, Alişer ismli sud xodimi ijirğanib, “Siz sudya bilan gaplaşişda 5 ta xatoga yöl qöydingiz”, dedi. Tabiiyki, xatolarimga qiziqdim. U bölsa, jyerkiş va pöpisa ohangida “Joyi kelsa, bilib olasiz” dedi.
«PODRYaD»NING IÇIDA SIZ HAM BORSIZ
Ana şunaqa gaplar. Endi “Jizzaxşahargaz”da boşimdan keçirganlarimga töxtalsak, qarzim yöqligi töğrisida ma'lumotnoma oliş taşvişi bilan yurgan kezlarimda mening sudga berilişim sababçisi — Öşa vaqtda nazoratçi bölib işlagan, hozirda uçastka rahbari Normat Davronovdan sudga berilganligim boisini söradim. U “uyda bölmagan bölsangiz kerak, Öşa vaqti öşa köçani podryad sudga berib yuborganmiz” dedi. Uning gap ohangi zerikkan odamning esnaşiga öxşardi.
Yanada ajablanarlisi, qarzim yöqligi töğrisida menga ma'lumotnoma berilgan bir paytda “Jizzaxşahargaz”da saqlanayotgan abonent kartamda 1 million 997 ming 131 söm 42 tiyin qarzim borligi körsatilgandi. «Şovvoz»lar yöq qarzga 631 ming söm penya ham qöşib qöyişibdi. Gazçilar bunday “qoyilmaqom” natijaga gaz hisoblagiçimdagi körsatkiçlarni hujjatlarda soxtalaştiriş orqali erişganlar. Aslida gaz hisoblagiçda mening 3 ming 526 kub gaz yoqqanim aks etib turibdi. Ularning hujjatlarida esa 13 ming 511 kub (?) gaz işlatganim ifodalangan. Yana ham aniqroği 9 ming 985 kub gazni noqonuniy tarzda mening hisobimga yozib qöyişibdi. 23 kun ilgari qilgan 200 ming sömlik tölovim ham heç joyda aks etmaganligini abonent kartani qölimga olganimdan söng bildim.
Viloyat aholisining, jumladan, Jizzax şahrida yaşovçilarning gazdan qarzdorligi milliard-milliard sömni taşkil etayotganligining siri mana şu kabi "qoyilmaqom amaliyot"larga borib taqalsa, ajab emas. Endi iste'molçining qay tartibda sudga berilişi haqida ma'lumot.
— Sudga beriş uçun 3 kun muddatda qarz tölanişi lozimligi, aks holda iste'molçining işi sudga oşirilişi töğrisida nazoratçi yozma ogohlantiriş xati berişi kerak, — deydi "Özdavneftgazinspeksiya" hududiy viloyat bölimining boş mutaxassisi Bahodir Xidirov. — Bu muddatda qarz tölanmasa, filial rahbariyati topşiriği bilan qarzdor gaz tarmoğidan uziladi. Bu töğrida dalolatnoma tuzilib, unga çilangar, nazoratçi, hudud ustasi va iste'molçi imzo qöyişi kerak. Agarda iste'molçi dalolatnomaga imzo qöyişdan boş tortsa, MFY vakili yoki ikki nafar xolis imzo qöyadi. Şuningdek, MFYdan fuqaroning öşa manzilda yaşaşi töğrisida ma'lumotnoma olinişi zarur. Bu hujjatlarning barçasi jamlanib, bölim boşliğiga topşiriladi. Hujjatlarni bölim boşliği filial boşliğiga, boşliq korxona huquqşunosiga beradi. Sudga taqdim etilajak hujjatlarga fuqaro va gazlaştiriş idorasi örtasida tuzilgan şartnoma nusxasi ilova qilinadi. Mazkur hujjatlar asosida sudga da'vo arizasi kiritiladi. Da'vo arizasiga rahbar qöl qöyişi hamda sudga berilgan hujjatlarning bir nusxasi gaz ta'minoti idorasida saqlanişi şart.
QÖÇQORMISAN, QÖYMISAN?
Meni na ogohlantirişgan, na dalolatnoma tuzişgan, na quvurni kesişgan. Sudga berilganimni MFYdagilar ham bilişmaydi. Şunça ma'lumot bilan "Jizzaxşahargaz" filialiga bordim. Korxona boşliği Şavkat Xolmatov heç bölmasa, uzr sörar, deb öylagan edim, ammo...
Siz yaxşisi, u kişi bilan qilgan suhbatimiz tafsiloti bilan tanişing. Aytgança, rahbar işni hujjatimni közdan keçirişdan boşladi.
— Sizga heç tuhmat qilişganmi, dedim.
— Har kuni tuhmat qilişadi, lekin asabimni buzmayman, nega bunaqa savol berayapsiz?
— Meni gazdan qarzing bor, deb sudga berişibdi, aslida qarzim yöq, mana ma'lumotnoma.
— Öqib körgan bölsangiz, ma'lumotnomaning amal qiliş muddati uç kun. Bundan taşqari, unga men imzo qöymaganman.
— Töğri, siz qöl qöymagansiz, ammo şu korxonaga rahbarsiz, qoğozda muhr bormi?
— Bunga özingiz aybdorsiz, biror marta kelib, sverka qilib ketdingizmi, ana kelmagansiz, eslay olmayapsiz. Bu töğrida Vazirlar Mahkamasining qarori bor. "Jizzaxşahargaz"da 33 nazoratçi işlaydi, ular 30 mingta abonentnikiga kirişga ikki oy deganda zörğa ulguradi.
— Xöp kelmaganim, mening aybim, lekin nega xatlovda qarzi yöq, deb ma'lumot berişayapti, ammo abonent kartamda esa yaxşigina qarzni böynimga ilib qöyişibdi, u ham yetmagandek, 20 kundan oşibdi, 200 ming sömlik oxirgi tölovim abonent kartaga kirmay qolayapti?
— Kim berdi abonent kartani?
— Buning nima farqi bor, meni sudga berişga asos bölgan hujjatlar nusxasini körsata olasizmi?
— Bizda nusxa qolmaydi, originali sudga ketadi, fuqaroning ismi-şarifi, qarzi töğrisidagi ma'lumot qoladi.
— Bir daqiqa şu gapingizni yozib olay.., keyingi savolim...
— Qöçqor aka... (ovozi balandlaşdi, ismimni beixtiyor Qöçqor deb atay boşladi, qöy demadi, harqalay). Siz juda çuqurlaşib ketayapsiz, men siz bilan gaplaşmayman, boring, viloyat gazdan ruxsat olib keling.
— Menga ayta olasizmi, nima uçun sizdan intervyu oliş uçun yuqori taşkilotingizdan ruxsat olişim kerak. Bunga huquqiy asosingiz bormi?
— Çiq xonamdan, davleniyem kötarilib ketdi, hozir mazam qoçadi.
— Sal avval tuhmat qilişsa ham asabim buzilmaydi, degandingiz, men rost gapni aytayapman.
— Çiq, deyapman. (Boşliq xonadan çiqdi va şu idorada işlovçi bir qizni boşlab kelib, meni körsatdi, unga "Mana şu odamni kördingmi, eslab qol", dedi. Qiz çiqib ketdi, Boşliq eşikning oldiga borib özini ketişga çoğlanganday tutdi va "Bl..." deya yana nimalarnidir ğudrandi).
— Haqorat qilayapsizmi?
— Bu boşlanişi, hali şunday yozuvçi odamlarni topib ustingdan yozdiraman. Hujjatini körsatmadi, deyman, hammasi tuhmat, deyman, çiq!
Oçiği, mezbonning bunaqa muomalasi kulgimni qistatdi. Bu yerdan boşqa ma'lumot ololmasligimni bilib, boşliqning xonasini tark etdim. Qiziq, bunday odamlar qanday qilib rahbar bölib qolar ekan? U haqligimni bilgani uçunmi, abonent kartamga bir marta ham qarab qöymadi.
BU BOŞLANIŞI...
Boşliqning "bu boşlanişi" degani rost bölib çiqdi. Şu kuni keçqurun soat 19 lar atrofida uyimga mahallamizga biriktirilgan gaz nazoratçisi, meni sudga bergan uçastka ustasi va yana bir notaniş kişi kelib, gaz uskunalarini közdan keçirmoqçi ekanliklarini aytişdi. Oçiği, ularning keçki taşrifi yoqmadi. Şavkat Xolmatov odam yetişmaydi, degandi, bölarkan-ku uç kişini birdan jönatsa. Nazoratçining yaqinda kelib, xatlov qilganligini aytsam-da, ularning uyimga kiriş istagi sönmadi.
Jahlim çiqib hujjat söradim. Birida yöq ekan, içkariga qöymadim. Ikkovlaşib, gaz uskunalarini közdan keçirişdi, hujjatlarga köz yugurtirişdi. Şu payt MFY raisi, kotib va maslahatçi yetib keldi. Gazçilardan birini kiritmaganim uçun kimdir fuqarolar yiğiniga “gazçilarni uyiga kiritmabdi”, deya qönğiroq qilibdi. Xullas, uşlaydigan narsa topa olişmadi, şekilli, "yoziş" fikridan qaytariş uçun "uzr" söragan bölişdi, nazoratçi meni tanimaganligi uçun şunday yöl tutganligini aytdi. Demak, sudga tortiş borasida ham "taniqli"larda imtiyoz bor, oddiy odamlarda-çi?
Men "Jizzaxşahargaz" boşliğining ögitiga amal qilib, "Markazgazta'minot" unitar korxonasi viloyat gaz ta'minot boşqarmasi boşliği Mamarajab Akbutayevga sim qoqdim, u kişi öşa kuni vaqti yöqligini aytdi. Unga kutişimni bildirdim. Keyingi kuni intervyu olişim sababini söradi. Men aytdim. Şundan keyin Mamarajab Akbutayev telefonni kötarmay qöydi. Umid dunyosida bir neça kun qayta-qayta telefon qildim, foydasi bölmadi.
NA MULOQOT, NA MANFAAT...
Bir döstim sud timsoli hisoblangan közi boğliq adolat xudosi Femida töğrisida şunday gapni aytgandi. "Bilasanmi, Femidaning boğiçi ostida közlar yöq. Zamonning zörlari adolat tarozisini özlariga ma'qul tomonga oğdiriş uçun beçoraning közlarini öyib olişgan". Döstimga işonsak, nazoratçilar zörlar toifasiga kiradi, aks holda sudya uning tuhmatiga asoslanib, yetarli hujjatlarsiz menga nisbatan sud buyruği çiqarmagan bölardi.
Oçiği, sud tizimi haqida fikrim sal bölakçaroq edi. Menimça, ular adolatli böliş qasamini içişadi. Qolaversa, insof, vijdon degan tuşunçalar ham bor. Prezidentimiz kuyib-yonib xalq bilan muloqot qilinglar, inson manfaatlarini közlanglar, deyapti. Men bölgan idoralarda bu gaplarning aks-sadosi eşitilmadi yo mening quloqlarim eşitmay qolganmikan?
Bundan taşqari hurmatlidan hurmatli azizlar, ommaviy axborot vositalari hamda axborot oliş erkinliklari va kafolatlariga doir qonunlarni böş vaqtingizda bir varaqlab qöying. Agar muxbir mavjud qonunçilikka zid talabingiz böyiça har bir intervyusi uçun yuqoridan yuqori taşkilotlarning ruxsatini kutaversa, nima bölişini bilasizmi?
Allomaning "Devorga kalla qöyilganda, faqat boş yoriladi" degan gapi rostga öxşaydi. Şunday qilib qöl siltaşimga töğri keldi. Iltimos, irodasizlikda ayblamang. Men bu maqolani qisqa yozişga harakat qilganman. Qaysi idoraga neça marta borganimni, kimlarning eşigi tagida sarğayganimni, bu jarayonda kimlarningdir ijirğanişi, pöpisasi va hasratini yuragimdan ötkazişga majbur bölganimni yozmadim, yozganimda meni tuşungan bölardingiz.
Yana şuni bildimki, qaysi idorada bölmayin heç kim qarzim bölmasada nohaqdan sudga tortilganimni eşitib, ajablanmadi. Bu mazkur vaziyatga hamma könikib qolganidan bölsa kerak. Men ommaviy axborot vositasi xodimi sifatida şunça taşvişlarni boşdan ötkazdim, oddiy odamlar nima qilişayapti ekan?
Aytgança, maqola tayyorlaş jarayonida "Jizzaxşahargaz" ovorayu sarson qilgan yana bir insonni uçratib qoldim. Uning voqeasi oldida mening keçmişlarim heç gap emas. Qisqasi, bunaqa natijadan söng hafsala va kuç topolsam yozarman öşa sargardon haqida...”
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi