Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir prezidentni dafn etish bo‘yicha tashkil etilgan komissiyaga boshchilik qiladi
O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimovning dafn marosimni o‘tkazish bo‘yicha tashkil qilingan davlat komissiyasiga rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov vafot etgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning dafn marosimini o‘tkazish bo‘yicha quyidagi tarkibda Davlat komissiyasi tashkil etilsin:
Mirziyoyev Sh.M. – O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi;
Yo‘ldoshev N.T. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, komissiya raisining o‘rinbosari;
Ismoilov N.M. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, komissiya raisining o‘rinbosari;
Inoyatov R.R. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining raisi;
Azimov R.S. – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri;
Haydarov Z.H. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqaruvchisi;
Nazarmuhamedov D.A. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;
Sultonov X.M. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;
Mahmudov V.V. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi;
Yerniyazov M.T. – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi;
Axmedbayev A.A. – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri;
Berdiyev Q.R. – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri;
Komilov A.H. – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri;
Qurbonov R.D. – “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” aksiyadorlik jamiyati direktori, O‘zbekiston Qahramoni;
Mirboboyev B.Sh. – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi;
Ramatov O.J. – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining raisi, O‘zbekiston Qahramoni;
Sanaqulov Q.S. – Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni;
Mirzayev Z.T. – Samarqand viloyati hokimi;
G‘aniyev B. – “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi;
Usmonov Sh.G‘. – Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi raisi;
Usmonov R.D. – Toshkent shahar hokimi;
Sharapova M.A. – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, O‘zbekiston Qahramoni.
2. Davlat komissiyasi:
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning xohish-irodasiga muvofiq dafn marosimini Samarqand shahrida 2016 yil 3 sentyabrda tashkil etsin;
2016 yil 3 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasida uch kunlik motam e'lon qilinsin va respublikaning barcha hududlarida motam tadbirlari o‘tkazsin;
xalqimizning, korxonalar, tashkilotlar, ta'lim muassasalari va keng jamoatchilikning fikrini hisobga olib, bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Mavzuga oid
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025