Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 17 yanvar kuni soat 11:00da O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va tavalludining 80 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ishlari holati va amalga oshirilayotgan choralar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Muxbirning xabar berishicha, videoselektor yig‘ilishida barcha viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar, Moliya, Iqtisodiyot, Madaniyat, Xalq ta'limi, Maktabgacha ta'lim vazirliklari mas'ul shaxslari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, tibbiyot birlashmalari boshliqlari, tuman (shahar)lar bosh arxitektorlari, Yoshlar ittifoqining, “Ma'naviyat va Ma'rifat” markazining, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalarining viloyat, tuman, shahar bo‘limi raislari, OAV rahbarlari hamda imom-xatiblar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumta'lim maktablari direktorlari, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari qatnashadi.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
19:42 / 23.06.2025
Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikdagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024