19:27 / 30.05.2016
84841

Internetda yangi Nexia narxlari haqidagi ma'lumot paydo bo‘ldi

Toshkentda 27 may kuni namoyish qilingan yangi Chevrolet Nexia avtomobilining preyskuranti ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. T250 platformasi bazasida bunyod etilgan V sinfiga mansub ixcham sedan O‘zbekistonda 1996 yildan buyon sotib kelinayotgan (2008 yilda yangilangan Nexia 2 chiqarildi) Nexia o‘rnini egallaydi.

Yangi model MDH davlatlaridan tashqari, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eksport qilinadi.

Uning ulgurji bahosi 35,8 million so‘mdan boshlanadi, yarim lyuks - 38,7 million so‘m, lyuks - 44,1 million so‘m.

Avtomobilning chakana bahosi 47,7 million so‘m bo‘lib, yarim lyuks - 51,4 million so‘m, lyuks - 58,6 million so‘m.

GM Uzbekistan hozircha yangi avtomobilning narxini rasman e'lon qilmagan.

Top