Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonga ilk oltin medalni olib berdi

Bugun Rio-Olimpiadasining boks bo‘yicha musobaqasida birinchi final bahsi o‘tkazildi. 14 avgust O‘zbekiston sporti tarixiga kiradigan kun bo‘ldi.
49 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi turnirda o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatov Kolumbiya vakili Yuberxen Martines Rivasga qarshi ringga chiqdi.
Jang o‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligida o‘tdi va hakamlar yakunda Hasanboy Do‘stmatovga g‘alaba berishdi. Yakuniy baho - 3:0 — 29:28, 30:27, 30:27.
Bu esa O‘zbekiston delegatsiyasiga Rio-2016 olimpiadasidagi ilk oltin medalni olib keldi.
Do‘stmatov o‘zi orzu qilgani kabi Muhammadqodir Abdullayevning natijasini takrorladi. 2000 yildan buyon ilk marta O‘zbekiston boks terma jamoasi oltin medalga ega bo‘ldi. Olimpiadalarda boks bo‘yicha birinchi va oxirgi oltin medalni o‘zbekistonlik sportchi 16 yil avval — Sidney Olimpiadasida olgandi. O‘shanda Andijon sport maktabi vakili Muhammadqodir Abdullayev O‘zbekistonga oltin medal olib qaytgandi.
49 kilogarmmgacha vazn toifasida kumush medal Martinezga, bronza medallar esa amerikalik Migel Ernandes va kubalik Argilagosga topshirildi.
Hasanboy Do‘stmatov hal qiluvchi finalga qadar 3 nafar raqibining har birini uchta raund natijasiga ko‘ra mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Bular: meksikalik Xoselito Velaskes, qozog‘istonlik Birjan Jakipov va amerikalik Niko Ernandes.

Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00
-
Nurobodda mashinasini stadionda odamlar ustiga haydagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat | 12:31
-
Budapeshtda Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 12:17
-
YeI Ukrainaga yana 1 mlrd yevrolik navbatdagi transhni to‘ladi
Jahon | 12:09
Mavzuga oid

20:04 / 11.10.2021
Eskilar va yangilar bilan. O‘zbekiston boks jamoasi jahon chempionatiga yangilangan tarkibda boradi

12:25 / 01.11.2019
Tokio olimpiadasiga jami 135ta yo‘llanma qo‘lga kiritish rejalashtirilgan - MOQ

17:17 / 31.03.2019
Hasanboy Do‘smatov jarohat olib, Bokudagi musobaqa finaliga chiqa olmadi

21:30 / 11.03.2018