O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda respublika fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi. Shu haqdagi qonunni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan.
Unga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi:
- chet davlatda harbiy xizmat, xavfsizlik xizmati, politsiya, adliya idoralari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirsa;
- chet elda uch yil ichida uzrsiz O‘zbekiston konsulligi hisobida turmasa;
- O‘zbekiston fuqaroligini soxta hujjatlar yoki yolg‘on ma'lumotlar asosida olgan bo‘lsa;
- chet davlat foydasini ko‘zlash, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazsa;
- xorijiy davlat fuqaroligini olsa, (bunda, u 1 oy muddat ichida O‘zbekiston IIV idoralari yoki xorijdagi konsulligiga fuqaroligini o‘zgartirganini ma'lum qilishi shart) O‘zbekiston respublikasi fuqaroligidan mahrum etiladi.
Shu bilan birga, Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning 26-moddasiga kiritilgan 5-qismga ko‘ra, chet el fuqarosi mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan farzandlikka olinsa, o‘z fuqaroligidan chiqqan taqdirdagina, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp ma’muriyati Suriyadagi «Oq kaskalar» tashkilotini moliyalashtirishni qisman to‘xtatdi
Jahon | 00:55
-
Kembrijda qirol Artur haqidagi afsonalar yozilgan qo‘lyozma parchasi rasshifrovka qilindi
Jahon | 00:12
-
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi uchun 7 yillik qamoq muddati so‘raldi
Jahon | 23:45 / 27.03.2025
-
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat | 23:43 / 27.03.2025
Mavzuga oid

09:52 / 21.02.2025
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi

12:15 / 06.02.2025
2024 yilda 60 mingdan ortiq norasmiy tadbirkor qonuniylashtirildi

11:58 / 30.01.2025