Karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatiladi - Prezident
10 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligini mustahkamlash va xavfsizligini oshirish, ekologik osoyishtalikni ta'minlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilish boshida davlat rahbari koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tgan.
Xususan, barcha hududlarda davolash o‘rinlari va tibbiy uskunalar soni bir necha barobar ko‘paytirilgani, tez tibbiy yordam va davolash sifati yaxshilangani natijasida oxirgi bir haftada O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi oshgani qayd etilgan.
«Fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i himoyasini yanada kuchaytirgan holda, pandemiya sharoitida yashash va ishlashda davom etish, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligi ta'kidlandi», – deyiladi rasmiy relizda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 avgustga qadar karantin cheklovlari e'lon qilingan, ko‘plab faoliyat turlari yopiqligicha qolmoqda.
Karantin yumshatilishi haqida Senatning 7 avgustdagi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva ham aytib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024