Jamiyat | 09:25 / 09.02.2017
10854
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahri ko‘chalaridan biriga Islom Karimov nomi beriladi

Buxoro geografik obektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha viloyat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga viloyat markazidagi markaziy ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomini berish haqidagi taklifni kiritdi. Bu haqda komissiya yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Buxoro shahri ko‘chalaridan biriga Islom Karimov nomini berish haqidagi qaror viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarori asosida 29 yanvar kuni qabul qilindi.

Viloyat ma'muriyati rahbari qarori doirasida Buxoro shahar hududiy komissiyasi Abduholiq G‘ijduvoniy ko‘chasidan O‘zbekiston Mustaqilligi va Piridastgir ko‘chalari kesishmasiga qadar bo‘lgan qismga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti nomini berishni taklif qildi.

Mavzuga oid