Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid Kataloniyaga javob qaytardi
Ispaniya senati konstitutsiyaning 155-moddasi qo‘llanishini tasdiqladi. Bu esa Kataloniya Madriddan boshqarilishini anglatadi. Bu haqda 27 oktabrda ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Yaqin orada Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Kataloniyada merlik qiluvchi nomzodlarni aniqlash bo‘yicha vazirlar mahkamasining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishi kutilmoqda.
27 oktabrda Kataloniya parlamenti Ispaniyadan mustaqil bo‘lishini e'lon qildi. Ushbu qaror yashirin ovoz berish bilan qabul qilingan. Mustaqillik e'lon qilinishidan avval parlament zalini muxtoriyatning Ispaniyadan ajralishiga qarshi chiqqan muxolif partiyalar deputatlari tark etishgan.
Ovoz berishda 82 nafar deputat qatnashgan, ulardan 70 nafari mustaqillik uchun ovoz bergan, 10 deputat bunga qarshi chiqqan, 2 nafari esa betaraf qolgan.
Mavzuga oid
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
20:46 / 30.04.2026
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Madridda 180 ta xonadonga egaligi ma’lum bo‘ldi
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
08:35 / 14.04.2026