Ashxobod–2017: Sportchilarimizning bugungi musobaqalardagi ishtiroki

Foto: ashgabat2017.com
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yopiq inshootlar va jang san'ati bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining 10-musobaqa kuni boshlandi.
Garchi bugun turnir boshlanganidan buyon eng ko‘p — 39 komplekt medallar o‘ynalsa-da, vakillarimiz ishtirokidagi musobaqalarda finallar kam. Shu sababli medallar ro‘yxatida pastlashimiz mumkin.
Sportchilarimizning bugungi kun tartibi quyidagilardan iborat:
- Soat 09:00 dan 12:30 gacha boulingchilarimiz jamoaviy musobaqada ishtirok etishadi.
- Soat 09:00 dan 12:30 gacha erkaklar va ayollar shaxmat jamoamiz rapid yo‘nalishida dona surishadi. 23 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va ayollar jamoamiz soat 16:00 dan 18:30 gacha musobaqalashishadi.
- Soat 13:30 dan 18:00 gacha raqs sporti bo‘yicha vals, Vens uslubidagi vals, sekin fokstrot turlarida vakillarimiz yarimfinal, undan o‘ta olishsa finalda ishtirok etishadi.
- Soat 10:00 da tennischimiz Sanjar Fayziyev hindistonlik Natarajan Vijayga qarshi yarimfinalda kortga chiqadi.
- Kikboskchilarimiz poynt faytingda Xumoyun Farmonov (69 kg) yarimfinalda, Jahongir Husanov (79 kg) chorakfinalda, lou kikda Javohir Elboyev yarimfinalda davraga chiqishadi.
- Sambochilarimizdan Rahmatjon Ahmedov (57 kg) — 1/8 finalda Akmaliddin Karimov (Tojikiston), Nuriddinjon Tilavoldiyev (74 kg) — 1/8 finalda Yusuf Karimiyon (Eron), Istam Qudratov (74 kg) — 1/8 finalda Muhannad Shom (Suriya), Irina Kulakova (64 kg) — chorakfinalda Oyjamol Qurbonova (Turkmaniston), sambo kurashida Ulug‘bek Hakimov (62 kg) — chorakfinalda, Behzod Nurmatov (82 kg) — 1/8 finalda Javlonbek Madaminov (Turkmaniston), Olim Xudoyqulov (+100 kg) — chorakfinalda Tilak Kuzbakov (Qozog‘iston), Lutfulla Saydamatov (57 kg) — 1/8 finalda Purivat Supapitakpong (Tayiland) ga qarshi kurashga kirishadi.
- Soat 10:00 dan 11:45 gacha suzish musobaqasida final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Artyom Kozlyuk 100 m kompleks suzishda, Aleksey Tarasenko 100 m erkin usulda, Xurshidjon Tursunov 100 m erkin usulda, Daniil Bukin, Aleksey Tarasenko, Artyom Kozlyuk, Xurshidjon Tursunov 4X100 m estefetada suzishadi.
- Og‘ir atletikachimiz Rustam Jangbayev (+105 kg) soat 15:30 dan boshlab final musobaqasida ishtirok etadi.
- Soat 11:00 dan boshlab Erkin kurash musobaqasi ham start oladi va Ixtiyor Navro‘zov (70 kg) — chorakfinalda Elomon Dugdurbek uulu (Qirg‘iziston), Umidjon Ismanov (86 kg) — Salim Xo‘jayev (Tojikiston), Davit Modzmanashvili (125 kg) — 1/8 finalda Farhod Annaqulov (Tojikiston), Sevara Eshmuratova (53 kg) — chorakfinalda Mardiatul Anggraini (Indoneziya), Asem Saydametova (58 kg) — chorakfinalda Dao Ti Huong (Vetnam) ga qarshi kurash olib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha 105 ta medal (21 ta oltin, 28 ta kumush va 57 ta bronza) jamg‘argan O‘zbekiston sportchilari medallar sifati bo‘yicha 4-o‘rinda, soni bo‘yicha 2-o‘rinda borishmoqda.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi
Jahon | 19:11
-
Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi?
Jamiyat | 19:00
-
Ilon Maskning sa’y-harakatlari AQSh federal xarajatlarini qisqartira olmadi
Jahon | 18:20
-
Urushning oxiri yaqinmi? Nega Ukraina va Rossiyaga tinchlikka erishish shunchalik qiyin?
Jahon | 18:12
Mavzuga oid

18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

15:32 / 16.01.2025
Ashxobod bo‘lajak O‘zbekiston-Turkmaniston tadbirlariga tayyorgarlik muhokama qilindi

20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi

21:50 / 10.10.2024