Sport | 15:00 / 05.01.2017
18586
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Odil Ahmedov yangi jamoasida qaysi raqamli futbolkada to‘p suradi?

Shu kunlarda O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov yangi jamoasi «Shanxay SPIG» klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Qatarda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. 

Odil Ahmedov mashg‘ulotlarda o‘zining sevimli 25-raqamida qatnashmoqda.

 Qayd etish kerakki, ushbu futbolchi «Paxtakor» safida o‘ynaganida 25-raqamda o‘ynardi.

U «Anji»da ham shu raqamda to‘p surdi.

 Futbolchi «Krasnodar»da ekanida 10-raqamli futbolkani kiyib maydonga tushardi.

Taxmin qilish mumkinki, Ahmedov Xitoy jamoasiga o‘tish oldidan o‘zining sevimli raqamini ham band qilgan. 

Mavzuga oid