Sport | 20:40 / 31.01.2018
25046
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi turnir yarim finalida ringga chiqqan o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi g‘alaba qozondi

Foto: India Open

WSB musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbekistonlik bokschilar Hindiston mezbonlik qilayotgan Indian Open turnirida ishtirok etmoqda.

Bugun, 31 yanvar kuni o‘zbekistonlik 7 bokschi yarim final bellashuvlarida ringga chiqdi. O‘zbekiston vakillari yarim finalni muvaffaqiyatli o‘tkazdi va 7 bokschi ham finalga yo‘l oldi. Xudoynazar Fayzov (-52 kg) Marvin Tabamoni (Filippin), Abdulxay Shorahmatov (-56 kg) Etash Xonni (Hindiston), Iqbol Xoldorov (-64 kg) Dherajni (Hindiston), Bobousmon Boturov (-69 kg) Singh Duryodxonni (Hindiston), Isroil Madrimov (-75 kg) Mandip Jangrani (Hindiston), Sanjar Tursunov (-91 kg) Sumit Sangvanni (Hindiston), Bahodir Jalolov (+91 kg) esa Topirak Ortegani (Kuba) mag‘lubiyatga uchratdi.

Indian Open turnirida 22 mamlakatdan 137 nafar bokschi chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Qizlar o‘rtasidagi turnirda ishtirok etish uchun esa 87 nafar bokschi tashrif buyurgan.

Mavzuga oid