Shildiroq yuanlar uchun Xitoyni tanlagan yulduzlar: Ahmedovning yangi jamoadagi maoshi qancha?

Keyingi yillarda Xitoy chempionati vakillari shov-shuvli transferlarni amalga oshirishda faol bo‘lmoqda. Bugun ham "Krasnodar" o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedovning "Shanxay SIPG" klubiga transfer qilingani haqida rasman e'lon qildi. Norasmiy manbalarga ko‘ra, ushbu transfer qiymati 8 mln yevroni tashkil qildi.
29 yoshli bu futbolchi "Zenit"ning sobiq hujumchisi Xalk ("Shanxay SIPG"ga 2016 yil yozida o‘tgan) va "Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Oskar (23 dekabr kuni) bilan jamoadosh bo‘ldi. Shanxayliklar jamoasini ayni vaqtda portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash boshqarmoqda.
Quyida Xitoy chempionatidagi eng ko‘p maoshlarni oluvchi futbolchilar sanab o‘tilgan.
Oskar ("Shanxay SIPG")
Braziliyalik bu futbolchi transferi uchun xitoyliklar 71 mln yevro sarfladi. Uning yillik maoshi miqdori esa 18,5-21,5 mln yevro.
Xalk ("Shanxay SIPG")
Bu hujumchi 2016 yilning yozida 55 mln yevro evaziga Xitoy jamoasiga kelib qo‘shilgandi. Turli manbalarga ko‘ra, uning yillik maoshi miqdori 40 mln yevro.
Aleks Teysheyra ("Tszyansu Sunin")
Yana bir braziliyalik. U Donetskning "Shaxtyor" jamoasidan 50 mln yevroga xarid qilingan. Unga yiliga 10 mln yevro miqdoridagi maosh tayinlangan.
Jyekson Martines ("Guanchjou Evergrand")
Kolumbiyalik bu futbolchi 2016 yilning fevralida "Atletiko"ni pullarga almashgan. Uning uchun sobiq jamoasiga 42 mln yevro to‘landi. O‘ziga 12,5 mln yevro miqdorida yillik maosh.
Jyervino ("Xebey Chayna Forchun")
Ivuarlik hujumchi "Roma"dan 2016 yil yanvarida 18 mln yevro evaziga transfer qilingan. Maoshi miqdori - 8 mln yevro.
Freddi Guarin ("Shanxay Shenxua")
Kolumbiyalik bu yarim himoyachi Xitoyga "Inter" safidan 10,5 mln yevro evaziga tashrif buyurgan. Turli manbalarga ko‘ra, u yiliga 7-8 mln yevro oladi.
Esekel Lavessi ("Xebey Chayna Forchun")
Argentinalik hujumchi PSJ safidan shu yilning fevralida 10 mln yevroga transfer qilingan. Maoshi - 13-15 mln yevro.
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG")
OAV ma'lumotiga ko‘ra ushbu futbolchining transfer qiymati 8 mln yevroni tashkil qildi. Maoshi esa yiliga 4 mln yevro. ("Krasnodar"da u yiliga 1,7 mln yevro olardi).
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi
Jahon | 22:04
-
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
Jamiyat | 21:12
-
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan
Jahon | 21:05
-
Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 20:46
Mavzuga oid

11:51 / 26.03.2025
Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda

00:31 / 16.09.2024
Shanxay aeroportlarida «Bebinka» tayfuni tufayli barcha reyslar bekor qilinmoqda

18:43 / 01.05.2023
Hashamatli, tezkor, aql bovar qilmas - Shanxay avtoko‘rgazmasida qanday avtomobillar taqdim qilindi?

11:56 / 20.12.2021