Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qovun saraton va insultning oldini oladi
Foto: Flickr
Olimlar yozgi mavsumda qovunni kamida 100 grammdan iste'mol qilishni tavsiya qilishmoqda, zero aynan qovun tarkibida inson organizmini saraton va insultdan himoyalovchi ko‘plab vitamin va minerallar mavjud. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, qovun tananing barcha to‘qimalarini normal holatda ushlab turishda muhim ahamiyat kasb etuvchi S vitaminiga ega. Shu bilan birga qovunning ko‘plab turlari V guruh vitaminlarga ega bo‘lib, uglevod ishlab chiqarishda yaqindan yordam beradi. Biroq olimlar qovunning yana bir foydali xususiyatini aniqlashdi. Uning tarkibidagi karotinoidlar insonni saraton kasalliklaridan himoyalar ekan.
Shuningdek antikoagulyant adenozin nomli modda qonni suyultirib, insult va yurak kasalliklari ehtimolini kamaytirishga qodir. Shu bois tibbiyot xodimlari yozgi mavsumda ko‘proq qovun yeyishga chorlashmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 27.04.2026
Olimlar yurak saratonining kam uchrashi sababini aniqladi
16:03 / 04.03.2026
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur qabul qilinadi
19:22 / 31.01.2026
O‘zbekistonda AQSh olimlari bilan saratonni erta aniqlash bo‘yicha yangi loyiha ishlab chiqildi
14:47 / 22.12.2025