Shveytsariya qishlog‘i yangi ko‘chib borganlarga pul to‘laydi

Foto: Xenos
Shveytsariyaning Vale kantoni Albinen qishlog‘ida shu yilning 30 noyabr kuni ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. U mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organining yangi siyosatiga bag‘ishlanadi. Qishloq boshqa shahar va mamlakatlardan ko‘chib kelish istagini bildirganlarga pul taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Oila yoki shaxs Albinenda uy sotib olishga yoki qurishga qaror qilsa, yoshi katta kishining har biriga 25 ming Shveytsariya franki (203 079 000 so‘m) va yosh bola uchun 10 ming frank (81 231 400 so‘m) berish nazarda tutilmoqda.
Dasturda ishtirok etishni xohlagan nomzod 45 yoshdan katta bo‘lmasligi hamda qishloqda kamida 10 yil yashashga rozilik berishi kerak. Bunda ko‘chmas mulk qiymati kamida 200 ming frankni tashkil etishi va doimiy yashash uyi bo‘lishi shart.
Bu chora qishloq kelajagiga sarmoya hisoblanadi. Mahalliy hokimiyat organi yangi kelganlarning soliq to‘lashi, qurilishga pul tikishi va qishloq do‘konida xaridlarni amalga oshirishi orqali foyda ko‘rishni rejalashtirgan. Yoshlar esa qishloqqa hayotni qaytaradi. Hammasi rejadagidek bo‘lsa, mahalliy maktab ham faoliyatini qayta boshlaydi.
Ayni vaqtda bu yerda atigi 240 kishi istiqomat qiladi, so‘nggi yillarda doimiy yashovchilarning ko‘pi qishloqni tark etdi. Ayniqsa, yosh oilalar ko‘chib ketmoqda. Qolgan fuqarolar qishloq kengashidan Albinen kelajagini qandaydir yo‘l bilan ta'minlashni talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

18:37 / 27.03.2025
Shveytsariya elchisi ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi

00:18 / 18.03.2025
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi

15:21 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Shveytsariya afg‘on muammosi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

17:37 / 21.02.2025