Internetda Ahmadboyning noqonuniy faoliyati haqidagi ko‘rsatuv videosi paydo bo‘ldi

16 iyun kuni O‘zMTRKning «Toshkent», «O‘zbekiston», «Yoshlar» va boshqa telekanallar orqali O‘zbekistonda moliyaviy piramida tashkil etgani uchun huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan Ahmadjon Tursunboyev haqidagi ko‘rsatuvlar namoyish qilindi. Internetda «Toshkent» telekanali orqali efirga uzatilgan ko‘rsatuv videoyozuvi paydo bo‘ldi.
Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi «Chinoz halol chorva» va «Chinoz Avto Xamkor» korxonalari ta'sischisi hisoblangan Ahmadjon Tursunboyev 4-5 yildan buyon ikki barobar qilib qaytarish va'dasi bilan aholidan juda katta miqdordagi omonat mablag‘larni milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgani uchun qo‘lga olindi.
Tursunboyev va uning yaqin qarindoshlari uylarida, shuningdek, unga tegishli kompaniyalarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida daliliy ashyo sifatida 13,139 mlrd so‘m va 7,9 mln AQSh dollari olib qo‘yildi. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp ma’muriyati Suriyadagi «Oq kaskalar» tashkilotini moliyalashtirishni qisman to‘xtatdi
Jahon | 00:55
-
Kembrijda qirol Artur haqidagi afsonalar yozilgan qo‘lyozma parchasi rasshifrovka qilindi
Jahon | 00:12
-
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi uchun 7 yillik qamoq muddati so‘raldi
Jahon | 23:45 / 27.03.2025
-
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat | 23:43 / 27.03.2025