Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «yo‘lovchi masjidlari» quriladi
Toshkent shahrida yo‘l bo‘ylarida yo‘lovchilar uchun kichik namozgohlar quriladi. Bu haqda o‘tgan haftaning payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov ma'lum qilgan.
Yunusobod tumani «Mirza Yusuf» jome masjidi imom xatibi Rahmatulloh qori Sayfuddinov ham juma kungi ma'ruzasida shu haqda ma'lumot bergan.
«Endi katta, serqatnov yo‘llar bo‘ylarida, namoz vaqti bo‘lganida odamlar tahoratxona va masjid izlab qiynalmasligi uchun namozgohlar quriladi. Bu jome masjid emas, juma namozi o‘qilmaydi, lekin 5 mahal namoz o‘qisa bo‘ladi. Bu yo‘lovchi masjidlar deyiladi. Shunday topshiriq bo‘ldi. Bu katta xushxabar», degan u.
Manbaning «Kun.uz»ga tasdiqlashicha, poytaxtdagi 11ta tumanning har birida ikkitadan shunday namozgohlar barpo etiladi.
«Tuman bosh imom-xatiblari qayerlarga yo‘llar chetlarida tahoratxonalar va namozxonalar qurish bo‘yicha tavsiyalarini berishadi», dedi manba.
Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Sergeli va Bektemir tumanlarida bittadan yangi jome masjidlari quriladi.
Mavzuga oid
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
11:22 / 24.03.2026