Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sambo bo‘yicha jahon chempioni Sobir Qurbonov vafot etdi
O‘zbekistonlik taniqli kurashchi sambo bo‘yicha jahon chempioni Sobir Qurbonov 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda sportchining yaqinlari Kun.Uz‘ga ma'lum qilishgan.
Sobir Qurbonov 1975 yilda Belarus poytaxti Minskda bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida 74 kg.gacha vaznda oltin, 1974 yilda Madridda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgandi. Shuningdek Qurbonov Sobiq Ittifoq chempioni, Ittifoq xalqarlari spartakiadalari g‘olibi bo‘lgan.
Sobir Qurbonovdan keyin uning kasbini o‘g‘li Akobir Qurbonov davom ettirgan. Akobir 1999 yilda ilk marta tashkil etilgan o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid
22:05 / 28.08.2024
Shavkat Mirziyoyev akademik Behzod Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
10:54 / 26.05.2023
Taniqli raqqosa Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi
15:59 / 24.06.2021
O‘zbekistonlik sambochi Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
23:37 / 24.03.2021