Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tungi klublar bo‘yicha o‘tkazilgan reydda 200 ga yaqin odam ushlandi
Foto: stv
Samarqandda tungi klublar bo‘yicha reyd o‘tkazildi. Reyd natijalariga ko‘ra 200 ga yaqin odam ushlandi. Tungi klub, restoran va internet-kafelarning 10 dan ko‘proq egalari ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Samarqandning "STV" teleradiokompaniyasi ma'lum qildi.
Samarqand huquq-tartibot muassasalari tomonidan "Bazalik", "Voys", "Uchrashuv" , "Daymond Xoll" va boshqa tungi klublar bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvda mehnat qonunchiligi, sanitar me'yorlar buzilgani aniqlandi. Huquq-tartibot muassasalari xodimining aytishicha, tungi klublar soat 23.00gacha ishlashi mumkin. Aks holda huquq-tartibot muassasalari tomonidan tungi klublar egalariga nisbatan muayyan choralar ko‘riladi.
Joriy yilning o‘tgan 9 oyida Samarqand hokimiyati huquq-tartibot muassasalari bilan birgalikda Samarqand viloyatidagi tungi klublar bo‘yicha 700 dan ko‘proq, Samarqand shahri bo‘ylab esa 130 ta reyd o‘tkazgan. Buning natijasida qoidabuzarliklar anchagina kamaygan.
Mavzuga oid
20:15 / 17.04.2026
O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llar. Narx nimaga qarab belgilanadi?
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026