Sport | 18:28 / 28.11.2017
23335
2 daqiqa o‘qiladi

OChL pley-offida O‘zbekiston jamoalari to‘qnash keladigan raqiblar ma'lum

2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi saralash pley-offida O‘zbekistonning ikki jamoasi ishtirok etadi. Bu haqda Alisher Nikimbayev o‘zining tvitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.

«Osiyo chempionlar ligasida vaziyat quyidagicha: ikki klubimiz musobaqani saralash pley-offidan boshlaydi. Ikkinchi bo‘lib chiqqan jamoa o‘z uyida Iordaniyaning «Al-Faysaliy»ni qabul qilsa, uchinchi jamoa Qatarda «Al-G‘arafa»ga qarshi o‘ynaydi», - deb yozgan Nikimbayev.

Demak vaziyatga ko‘ra, O‘zbekiston kubogi finalida «Bunyodkor» g‘alaba qozonadigan bo‘lsa «Al-Faysaliy»ni o‘z uyida qabul qiladi. «Nasaf» esa Qatarga safar uyushtiradi. Agar kubok finalida «Lokomotiv» g‘olib chiqsa, unda «Nasaf» ikkinchi jamoa sifatida o‘z uyida «Al-Faysaliy»ni qabul qiladi. «Paxtakor» esa uchinchi jamoa sifatida «Al-G‘arafa» mehmoni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning amaldagi chempioni sifatida Toshkentning «Lokomotiv» Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid