Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Missiya uddalanmadi. O‘zbekiston Toshkentda Koreyani jahon chempionatiga kuzatdi
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi so‘nggi – 10-turida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyani yenga olmadi.
Uchrashuvda hisob ochilmadi. Bu durang esa janubiy koreyaliklarga jahon chempionati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani taqdim etdi.
Parallel kechgan uchrashuvda Eron Suriya bilan durang o‘ynadi - 2:2.
Natijada guruhda Janubiy Koreya ochkolari sonini 15taga yetkazib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bu duranglardan keyin Suriya va O‘zbekiston hisobidagi ochkolar soni 13tadan. Ammo to‘plar nisbatiga ko‘ra Suriya uchinchi o‘rinda va bu jamoa pley-off bosqichida qatnashadi.
JCh–2018 saralashi
Toshkent, “Bunyodkor”
5 sentabr, seshanba
O‘zbekiston – Janubiy Koreya 0:0
Ogohlantirishlar: Aziz Haydarov(38), Anzur Ismoilov (71), Yegor Krimets (84) – Jung Vu Yung (36)
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Davron Hoshimov, Aziz Haydarov, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov, Server Jyeparov (Sardor Rashidov, 52), Eldor Shomurodov (Jaloliddin Masharipov, 86), Igor Sergeyev (Aleksandr Geynrix, 58).
Janubiy Koreya: Kim Syong Gyu, Kim Min Jae, Son Xyon Min, Xvang Xi Chan, Li Kun Xu (Li Dong Kuk, 78), Kim Min Vu, Go Yo Xan, Jang Xyun Su (Ku Ja Chol, 43), Jung Vu Yung, Kim Yong Gvon, Kvon Chang Xun (Yom Ki Xun, 64).
Mavzuga oid
07:06
“Ertangi o‘yin osonroq kechadi” – Kongo bilan o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
23:59 / 23.06.2026
JCh-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yirik hisobda yutqazdi
15:10 / 23.06.2026
Erkin Abdulahatov: Futbolda iqlimiy va geografik omillarni ham inobatga olish kerak
23:44 / 20.06.2026