Shavkat Mirziyoyev soliqchilarga: «4 qavatli uyni oylikdan qurasanmi?» (Video)

Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iyun oyida Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan yig‘ilishda soliqchilarni tanqid qilishi tasvirlangan video tarqaldi.
Prezident soliq organlari faoliyatini keskin tanqid qiladi, soha xodimlari orasida o‘z kasbiga noloyiqlar borligini aytadi.
U soliqchilar mas'uliyatsizligi, fidoiylik qilmasligi haqida so‘zlaydi.
«Qani byudjyetning puli? Hammasi cho‘ntakka ketyapti. 3 yil ham ishlamasdan, 4 qavatli uy qurasan hammang, 20ta mashina olasan. Qayerdan bular? Oylikdan olasanmi? Sal insofli bo‘l! O‘g‘ri bo‘l, insofli bo‘l».
Prezident qo‘lida barcha ma'lumotlar mavjudligini aytadi.
«Odamlarni ishdan olamiz. Bunday odamlar bilan ishlay olmaymiz. O‘tgan kunlar o‘tdi. Endi adolatli bo‘lib ishlash kerak. Mehnat, sadoqat, adolat va yana adolat. Poraxo‘rlik qilinmasayam, xalq boqadi.
Kerak bo‘lsa, yuz foiz ishdan olamiz. Menga tajribasi kerak emas. Yosh bo‘lsa ham, o‘zini fido qiladigan, sadoqat bilan ishlaydigan odam kerak. Tajribani o‘zim o‘rgataman. Menga sadoqat kerak. Tamom! O‘zini qiynaydigan, Farg‘onani yaxshi ko‘radigan odam kerak», degan prezident.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
18 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:39
-
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida
Jahon | 22:28
-
«O‘zbekkosmos» SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirish imkoniyatini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:22
-
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi
Jahon | 22:04
Mavzuga oid

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

22:49 / 12.03.2025