Saudiya Arabistonidagi darsliklar podshohning Yoda bilan surati sababli o‘zgartiriladi
Saudiya Arabistoni ta'lim vazirligi ijtimoiy fanlar darsliklarini o‘zgartirishni boshladi. Bunga marhum podshoh Faysal bin Abdul Azizning "Yulduzlar jangi" filmi qahramoni, magistr Yoda bilan surati sabab bo‘lmoqda. Vazirlik vakili Muborak al Osimiy Twitter sahifasida shu haqda ma'lum qilmoqda.
Darslikdagi suratda Yoda podshoh 1945 yili BMT Nizomini imzolayotgan vaqtda uning yonida o‘tirgani aks etgan. Faysal bin Abdul Aziz Saudiya Arabistonini 11 yil mobaynida boshqargan va ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirgan, xususan, uning huquqiy tizimiga asos solgan, deb yozadi RIA Novosti.

24 sentabrda vazirlik vakili bu holatni podshohni qasddan mazax qilish deb baholagan va darslikni chiqarish uchun mas'ullar ishtirokida majlis o‘tkazgan.
"Javobgar aniqlanganidan so‘ng, ta'lim vazirligi o‘rta maktablar uchun chop etilgan ijtimoiy fanlar kitoblarini o‘zgartirishga qaror qildi", — deb qayd etgan Al Osimiy.
Avvalroq, ta'lim vaziri Ahmad al Iso "BMT Nizomini imzolash surati bilan paydo bo‘lgan surat uchun uzr so‘rab, javobgarni topish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilganini bildirdi.
Fotosurat muallifi saudiyalik rassom Abdulloh ash-Shahriy tarixiy fotosuratlarga zamonaviy qahramonlarni joylashtirish bilan qator suratlar seriyasini yasaganini tan oldi. Uning izoh berishicha, u Yodani bekorga podshoh yoniga qo‘ymagan. "U aqlli va yaxshi notiq edi. Shu boisdan ham men Yodani tanladim. Chunki u bu jihati bilan podshohga o‘xshab ketadi. Bundan tashqari Yoda yashil tusda", — degan rassom. Ammo Ash Shahriy o‘z fotoshop mahsulotining darslikda qanday paydo bo‘lganiga aloqasi yo‘qligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi
Jahon | 19:11
-
Firibgarlar odamlarni aldash uchun sun’iy intellektni qanday qo‘llashadi?
Jamiyat | 19:00
-
Ilon Maskning sa’y-harakatlari AQSh federal xarajatlarini qisqartira olmadi
Jahon | 18:20
-
Urushning oxiri yaqinmi? Nega Ukraina va Rossiyaga tinchlikka erishish shunchalik qiyin?
Jahon | 18:12
Mavzuga oid

10:33 / 11.03.2025
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

16:37 / 10.03.2025
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

19:00 / 07.03.2025
Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!

21:44 / 04.03.2025