Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i ehtiyot chorasini qo‘llashda himoyachining ishtirok etishi shart bo‘ladi
Sudga qadar ish yuritish davrida shaxs huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar belgilandi.
Foto: Reuters
Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmonni imzoladi.
O‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga oid jinoyat ishi bo‘yicha, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash holatlarida himoyachining ishtirok etishi shartligi belgilandi.
Sudga qadar ish yuritish davrida shaxs huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida:
agar ushlangan ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish;
shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun real asoslar mavjud bo‘lgan hollarda uni guvoh tariqasida so‘roq qilish, shuningdek, protsessual huquqlarini tushuntirmasdan turib, undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish taqiqlanmoqda.
Ayblanuvchining qonun va xalqaro hujjatlarda aks etgan eng asosiy huquqlaridan biri – bu ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish huquqidir. Farmon bilan ushbu huquqni amaliyotda to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniyati yaratilmoqda.
Mavzuga oid
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025
Sertifikatlashda yengillik: 2026 yildan ayrim majburiy talablar bekor qilinadi
11:48 / 25.11.2025