O‘zbekiston | 10:41 / 28.05.2020
4510
1 daqiqa o‘qiladi

15 aprel madaniyat va san'at xodimlari kuni etib belgilanadi

O‘zbekistonda madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash mo‘ljallanmoqda.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjatga muvofiq, 15 aprel O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni etib belgilanishi mumkin.

Bildirilishicha, ushbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid