O‘zbekiston | 15:15 / 22.08.2022
5541
1 daqiqa o‘qiladi

Mikro biznes uchun yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi

Davlat rahbari tadbirkorlik sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tashabbuslarni bildirdi.

Foto: Fotolia

Birinchi yo‘nalishga ko‘ra, korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvni belgilash rejalashtirilmoqda.

Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo‘yicha toifalarga ajratiladi. Bular:

  • 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani – mikro biznes;
  • 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani – kichik biznes;
  • 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes toifasiga kiradi.

Shundan kelib chiqib 2023 yil 1 yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliq amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.

Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi. Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid