Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi navbat rafiqaga. Qozog‘istonda «Sara Nazarboyeva nomidagi tabiat bog‘i» barpo etiladi
Foto: Businesswomen.kz
Qozog‘istonning Aqmo‘la viloyati Aqko‘l tumanida «Sara Nazarboyeva nomidagi tabiat bog‘i» loyihasi taqdim etildi. Bu haqda ichki siyosat boshqarmasining mintaqaviy kommunikatsiyalar xizmati xabar berdi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning rafiqasi bo‘lgan Sara Nazarboyeva so‘nggi yillarda omma oldida kamroq ko‘rinish bermoqda.
Loyiha taqdimoti WAKE UP-2017 forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. «Barqaror rivojlanish» fondi prezidenti Alan Besenning aytishicha, loyiha maqsadi – «Aqko‘lda biosfera rezervatini» yaratishdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, mo‘ljaldagi tabiat bog‘i turizm sohasida biznes-loyihalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Loyihani amalga oshirish va uning ochilish muddati, xizmat xabariga ko‘ra, loyiha mahalliy hamda respublika darajasida taqdim etilganidan so‘ng e'lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 noyabr kuni Qozog‘istondagi qishloqqa Nazarboyevning onasi nomi berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025