To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
- Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi;
- to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasidagi tashkilotlarga Jamg‘armadan mablag‘ ajratish tartibi;
- Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetalarini tuzish tartibi;
- Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat.
Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan tegishli hisobvaraqda jamlanadi.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasini olib chiqishda (har bir kg uchun) quyidagi miqdorlarda undiriladigan yig‘imlarning 75 foizi hajmdagi tushumlar:
- 1.01.2021 yildan – 0,01 AQSh dollari;
- 1.01.2022 yildan – 0,05 AQSh dollari;
- 1.01.2023 yildan – 0,1 AQSh dollari;
- 1.01.2025 yildan – 0,2 AQSh dollari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari tashkilotlarida xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
- soha tashkilotlarining xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash;
- ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish, jumladan ularni xorijga o‘qish uchun yuborish;
- «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish,
- xorijiy vakolatxonalarni saqlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
- «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi a'zolari umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilangan hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar.
- Soha tashkilotlariga Jamg‘armadan mablag‘ ajratish tasdiqlangan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:14 / 29.11.2024
Polshadagi 5 ta savdo uyi orqali O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari sotuvi hajmi ortdi
17:30 / 27.11.2024
To‘qimachilik biznesi ajratilgan 25 mln dollarlik subsidiyadan hozircha faqat 4 mln dollaridan foydalandi
20:58 / 19.09.2024
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” xalqaro festivali boshlandi
10:20 / 19.09.2024