Lukashenko Mirziyoyevning Chorvoqdagi shaxsiy qarorgohiga bordi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xorijiy davlatlar rahbarlari orasidan birinchi bo‘lib O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shahardan tashqaridagi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda BeLTA xabar tarqatdi.
«Qaynarsoy» qarorgohi Toshkentdan 90 km uzoqlikda, Chorvoq suv ombori yonida, g‘arbiy Tyan-Shanning etagida joylashgan. U dengiz sathidan 900 metr balandlikda qurilgan. Hududda bir nechta turar-joy inshootlari, vertolyot maydonchasi va bandargoh (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan joy) mavjud.
BeLTA ma'lumotiga ko‘ra, bundan avval Shavkat Mirziyoyev «Qaynarsoy»ga xorijiy yetakchilarni taklif qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi doirasida sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 19 hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma va bitimlar imzolandi.
Mavzuga oid
16:25 / 20.12.2024
Chorvoqda bir oilaning uch a’zosi gazdan zaharlanib vafot etdi
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
02:18 / 07.12.2024
Putin va Lukashenko xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
23:47 / 23.11.2024