Trade-in: O‘zbekistonda eski avtomobilni qo‘shimcha to‘lov evaziga yangisiga almashtirib berish amaliyoti joriy etiladi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida "O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi" mavzusida brifing, soha mas'ullari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, unda avtomobilsozlik tarmog‘idagi yangiliklar haqida so‘z yuritilmoqda.
Xususan, “O‘zavtosanoat” vakillarining ma'lum qilishicha, O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti joriy qilinadi. Bunda foydalanishda bo‘lgan avtomobilni yangisiga yoki nisbatan kamroq masofa bosgan mashinaga kichikroq qo‘shimcha to‘lov bilan almashtirish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi.
Bundan oldin, “O‘zavtosanoat” avtomobillashtirish darajasini ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkazmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
15:26 / 10.07.2024