Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida "Özbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantiriş strategiyasi" mavzusida brifing, soha mas'ullari iştirokida intervyu va jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, unda avtomobilsozlik tarmoğini yanada rivojlantiriş böyiça «Özavtosanoat»ning asosiy yönalişlari haqida ma'lumot berildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirişning yangi konsepsiyasini amalga oşirişda qabul qilingan çora-tadbirlar natijasida qator natijalarga erişiş rejalaştirilgan.
Xususan, Özbekiston avtomobil sanoati korxonalarini tubdan modernizatsiya qiliş va ularning jahon avtomobil bozoriga çiqişini ta'minlaş, içki bozor hajmini oşiriş hamda taşqi bozorlarni kengaytiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, sohada içki raqobatni rivojlantiriş maqsadida strategik investorlar iştirokida avtomobillar va avtomobil komponentlarini işlab çiqariş böyiça yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş möljallanmoqda.
Bundan taşqari, avtotransport vositalari resurslarini köpaytiriş, mamlakatda işlab çiqarilayotgan avtomobillarning ekologik sifatini oşiriş, avtotransport vositalarining atrof-muhitga ta'siridan ekologik yukni kamaytiriş nazarda tutilgan.
Tadbirda ma'lum qilinişiça, aholining yengil avtomobillar bilan ta'minlanganligini 2,3 barobarga oşiriş közda tutilmoqda. Şu bilan birga, mamlakatning avtomobillaştiriş darajasini ming kişi uçun 166 avtomobilga yetkaziş kutilmoqda.

















