Sport | 09:42 / 02.12.2018
10247
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik o‘smirlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida Eronni mag‘lubiyatga uchratishdi

Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi davom etmoqda.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 1 dekabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi sakkizinchi turni o‘tkazdi.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Unda o‘zbekistonlik yosh iqtidor egalari Eron terma jamoasini 2,5 – 1,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov durang qayd etgan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev ikkinchi doskada g‘alabaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida Hindiston va Ukrainani mag‘lubiyatga uchratgandi.

Mavzuga oid