O‘zbekiston | 12:58 / 11.12.2024
1742
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya adliya vaziri «Ezgulik» jamiyati rahbariga xalqaro mukofotni topshirdi

Kecha, 10 dekabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan marosimda «Ezgulik» inson huquqlari jamiyatiga «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti topshirildi. Jamiyat raisi Abdurahmon Tashanov mukofotni - Fransiya adliya vaziri Didiye Migo va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy maslahat komissiyasi raisi Jan-Mari Burguburudan qabul qilib oldi.

Foto: Fransiya Adliya vazirligi

Fransiya Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha «Ozodlik, tenglik, birodarlik« mukofoti 1988 yilda CNCDH tashabbusi bilan yaratilgan. Ushbu mukofotning maqsadi butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishda fuqarolik jamiyatining asosiy rolini tan olishdir.

«Garchi bu yil tanlangan mavzu qurolli mojarolar sharoitida tinch aholi huquqlarini himoya qilish bo‘lsa-da, inson huquqlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati vakillarining muhim roli va xalqaro gumanitar huquqni hamma joyda himoya qilish zarurdir. Dunyoda siz insoniyat uchun bugun va ertaga umid yo‘llarini yaratasiz. Sizga taqdim etilgan mukofotlarni hurmatimiz, qo‘llab-quvvatlaganimiz va e’tirof etilganimiz dalili sifatida qabul qiling»,degan Fransiya adliya vaziri.

Mazkur mukofot dunyoning 5 nafar fuqarolik jamiyati tashkilotiga beriladi. Bu galgi g‘oliblar orasida «Ezgulik» bilan birga Kamerundagi «Mandella» markazi, Gaitidagi «Citizens» tashkiloti, Kolumbiyaning Ludirlena PÉREZ CARVAJAL tashkiloti va Suriyadagi «Caesar» tashkilotlari bor.

Mavzuga oid