Elektron reyting va elektron tender. Qaysi binolarni qanday reytingdagi qurilish firmalari qura olishi ma'lum qilindi
Qurilish vazirligi elektron tenderlarda ishtirok etishi uchun qurilish kompaniyalari reytingi qanday bo‘lishi kerak, degan savol aniqlik kiritdi.
Qurilish sohasini raqamlashtirish ishlari doirasida «Shaffof qurilish» axborot tizimi ishlab chiqildi. Elektron tenderlar o‘tkazish esa, uning uzviy qismi hisoblanadi. Elektron reytingda yuqori o‘rinlarni egallagan qurilish tashkilotlarining tenderda yutish imkoniyati katta bo‘ladi. Elektron reyting va elektron tender bir-biriga bog‘liq bo‘lgan amaliyotdir.
Endilikda, Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma ishlash tartibi vaqtinchalik Nizom asosida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, tender ishtirokchisi (oferent) obektning qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab, qurilish tashkilotlarining quyidagi elektron reytingida ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgandagina tanlovda ishtirok eta oladi:
I xavf-xatar toifasidagi obektlar uchun:
-qiymati 1 mlrd so‘mgacha (qurilish obekti qiymati) — «DD» va undan yuqori;
-qiymati 1 mlrd so‘mdan 2 mlrd so‘mgacha — «DDD» va undan yuqori;
-qiymati 2 mlrd so‘mdan 6 mlrd so‘mgacha — «S» va undan yuqori;
-qiymati 6 mlrd so‘m va undan yuqori — «SS» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
II xavf-xatar toifasidagi obektlar uchun:
-qiymati 5 mlrd so‘mgacha — «CC» va undan yuqori;
-qiymati 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha — «SSS» va undan yuqori;
-qiymati 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha — «V» va undan yuqori;
-qiymati 20 mlrd so‘mdan 30 mlrd so‘mgacha — «VV» va undan yuqori;
-qiymati 30 mlrd so‘m va undan yuqori — «VVV» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
III xavf-xatar toifasidagi obektlar uchun:
-qiymati 10 mlrd so‘mgacha — «CC» va undan yuqori;
-qiymati 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha — «SSS» va undan yuqori;
-qiymati 20 mlrd so‘mdan 40 mlrd so‘mgacha — «V» va undan yuqori;
-qiymati 40 mlrd so‘m va undan yuqori — «VV» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;
IV xavf-xatar toifasidagi obektlar uchun:
-qiymati 20 mlrd so‘mgacha — «CC» va undan yuqori;
-qiymati 20 mlrd so‘mdan 50 mlrd so‘mgacha — «SSS» va undan yuqori;
-qiymati 50 mlrd so‘mdan 80 mlrd so‘mgacha — «V» va undan yuqori;
-qiymati 80 mlrd so‘mdan 110 mlrd so‘mgacha — «VV» va undan yuqori;
-qiymati 110 mlrd so‘m va undan yuqori — «VVV» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega.
Tanlovda yagona oferent ishtirok etganda yoki birorta ham oferent ishtirok etmaganda, xarid komissiyasi tanlovga kirish uchun oferentlarga nisbatan qo‘yilgan elektron reyting bahoni pasaytirish huquqiga egaligi alohida ta'kidlanadi, Qurilish vazirligi axborotida.
Mavzuga oid
17:38
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
17:42 / 16.12.2024
7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
17:36 / 10.12.2024