O‘zbekiston | 09:51 / 19.11.2020
9315
1 daqiqa o‘qiladi
Chimyonda qor ko‘chish xavfi e'lon qilindi
Gidrometeorologiya xizmati Chimyonda qor ko‘chish xavfi haqida e'lon qildi.
«O‘zgidromet» ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yil 19 noyabr mahalliy vaqt bilan soat 08:00dan 20 noyabr soat 08:00gacha Chimyon tog‘ zonasi (dengiz sathidan 2000m balandlik)da qor ko‘chish xavfi e'lon qilindi.
Bugun, 19 noyabr kuni, Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:08 / 06.12.2024
Prezident Chimyonda kapsula uylardan iborat dam olish maskanini ko‘zdan kechirdi
07:40 / 06.11.2024
Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi
12:04 / 13.08.2024
Chimyondagi tog‘da tobi qochib qolgan yigitga yordam ko‘rsatildi
09:40 / 05.08.2024