Jamiyat | 07:40 / 06.11.2024
14128
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi

Ko‘chki yo‘lning xandaq qismiga tushgan bo‘lib, harakat xavfsizligiga ta’sir etmagan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: FVV

Joriy yilning 6 noyabr kuni soat 4:55 larda A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi 238,5-kilometrida ko‘chki yuz berdi.

FVV xabariga ko‘ra, «Vodiy — Toshkent» yo‘nalishida tog‘ qiyaligidan yog‘ingarchilik natijasida namlanish hisobiga nomustahkam tosh — tuproq aralashmasi ko‘chkisi kuzatilgan.

Ko‘chki yo‘lning xandaq qismiga tushgan bo‘lib, harakat xavfsizligiga ta’sir yetmagan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Voqea joyida «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUK kuch va vositalari bilan ko‘chki massalari tozalangan.  «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi va YPX otryadi xodimlari avtomobil yo‘lida xavfsizlik choralarini ko‘rishgan.

Dovon orqali harakatlanuvchi haydovchilardan xavfli uchastkalarda transport vositalarini to‘xtatmasligi hamda ogohlantiruvchi va taqiqlovchi belgilarga rioya etish so‘ralgan.

Mavzuga oid