«Ayni vaqtda uy-joy narxi oshishi kutilmayapti» - Ko‘chmas mulk bozorining joriy holati bo‘yicha ma'lumot berildi
2021 yil aprel oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab mart oyiga nisbatan 2,5 foizga oshdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, o‘tgan oyda ko‘chmas mulk bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar soni 20 ming 800 tani tashkil etdi. Mutaxassisga ko‘ra, bu ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan 2,5 foizga, 2019 yilning aprel oyiga (16,2 ming) qaraganda 28,1 foizga ko‘proqdir.
2020 yilning aprel oyida koronavirus pandemiyasi tufayli shartnomalar soni 2 ming 100 taga tushib ketgan edi.
Qayd etilishicha, ko‘chmas mulk bozorining 30 foizdan ortig‘i Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Aprel oyida poytaxtimizda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 6 ming 760 tani tashkil etdi. Bu mart oyiga nisbatan 9,5 foizga ko‘pdir.
O‘tgan yilning mos davrida Toshkentda mazkur ko‘rsatkich 214 mingtagacha, fevral oyiga nisbatan 95,8 foizga, mart oyiga qaraganda 95,4 foizga kamaygan edi.
Ta'kidlanishicha, hududlar kesimida ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari sonining eng yuqori yillik o‘sish sur'atlari Toshkent (9,5 foiz), Farg‘ona (9,4 foiz), Sirdaryo (5,9 foiz) va Toshkent (3,3 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Sezilarli pasayish ko‘rsatkichlari esa Surxondaryo (13,7 foiz), Jizzax (9,9 foiz) va Navoiy (8,4 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
«Ayni vaqtda uy-joy narxining oshishi kutilmayapti, chunki hukumat tomonidan uy-joylar kvadrat metrining narxi 4 mln so‘mdan oshmasligini ta'minlash vazifasi qo‘yildi. Xususan, bunga arzon qurilish materiallari bilan ta'minlashni yo‘lga qo‘yish orqali erishish rejalashtirilgan», deyiladi manba ma'lumotida.
Avvalroq, 2021 yil mart oyida ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,4 foizga o‘sgani va rasmiylashtirilgan shartnomalar soni 20 ming 200 tani tashkil etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:14 / 20.12.2024
Toshkent shahri va viloyat markazlarida ko‘chmas mulk bozorida faollik oshdi
18:15 / 14.10.2024
Uy sotib olishga bo‘lgan qiziqish pasayishda davom etyapti
19:02 / 27.09.2024
Uyning eng arzon ijarasi Turkmanistonda, qimmati – Qozog‘istonda
21:05 / 16.09.2024