Mart oyidagi tahlillar Özbekistonda aholining köçmas mulk va avtotransport vositalariga bölgan talabi ösişda davom etayotganini körsatdi. Bu haqda Kun.uz’ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi boş ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidov ma'lum qildi.

Köçmas mulk bozorida talabning ösişi

2021 yil mart oyida köçmas mulk böyiça rasmiylaştirilgan şartnomalar soni fevral oyi bilan taqqoslaganda özgarişsiz qoldi va 20,2 ming donani taşkil qildi. Bu ötgan yil mart oyidan 34,4 foizga köpdir.

Köçmas mulk oldi-sotdisi böyiça rasmiylaştirilgan şartnomalar soni özgarişi indeksi

«Köçmas mulk bozorining 30 foizdan köproğiga egalik qiluvçi Toşkent şahrida oldi-sotdi şartnomalari soni 6,17 mingni taşkil etib, fevral oyiga nisbatan 0,9 foizga kamaydi.

2020 yil mos davri bilan taqqoslaganda esa ösiş 32,6 foizni taşkil qildi. Bu öz navbatida, köçmas mulkka bölgan talab özining uzoq muddatli trendiga qaytganidan dalolat beradi», dedi markaz vakili.

Qayd etilişiça, hududlar kesimida köçmas mulk oldi-sotdi şartnomalari sonining eng yuqori ösiş sur'atlari Navoiy (18 foiz), Farğona (10,7 foiz), Jizzax (9,6 foiz) viloyatlarida hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida (10,4 foiz) kuzatildi.

Bu körsatkiç Sirdaryo (8,6 foiz), Toşkent (8,1 foiz) va Xorazm (8 foiz) viloyatlarida sezilarli darajada kamaydi.

«Mamlakatimizda iqtisodiy ösişning asta-sekin tiklanayotgani va köçmas mulkka bölgan talabning oşib borayotgani an'anaviy ravişda narxlarni yanada oşiriş mexanizmiga aylanişi mumkin.

Biroq hozirgi kunda köçmas mulk bozorini qöllab-quvvatlaşga qodir bölgan çora-tadbirlardan biri joriy yilda davlat tomonidan keng kölamli uy-joy dasturini amalga oşiriş boşlanganidir. Buning uçun yil oxiriga qadar 11,5 trillion söm (1,1 milliard dollar) yönaltiriladi. Bu esa ötgan yilgidan 4 barobar köproqdir. Xususan, joriy yilda 45 ming oilani arzon uy-joy bilan ta'minlaş rejalaştirilgan», deya qayd etdi Xalilulloh Hamidov.

Ma'lum qilinişiça, arzon uy-joylarning köpayişi hisobiga urbanizatsiya sur'atlarining tezlaşişi kutilmoqda.

Bu işbilarmonlik faolligi, talab va umuman odamlarning turmuş darajasi yaxşilanişini anglatadi.