Yana uchta turdagi imtihonlar jonli efirga uzatiladi
Ilmiy daraja olishdagi dissertatsiya himoyasi, litseylar, professional ta’lim muassasalari va OTMlarning harbiy kafedralariga qabul imtihonlari internetda to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilishi talabi qo‘yildi. Shuningdek, 2023-2024 yillarda budjetdan tashqari jamg‘armalar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, davlat xaridlari tartibini buzgan amaldorlarga jazo muqarrarligini ta’minlash kabilar ko‘zda tutilmoqda.
Prezident farmoni bilan, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023–2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi tasdiqlandi.
Dasturga asosan, quyidagilarni internet tarmog‘ida jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:
- falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun Ilmiy kengash tomonidan o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
- o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;
- oliy ta’lim muassasalari bazasidagi harbiy kafedralarga qabul qilishdagi saralash tanlovlarining umumjismoniy tayyorgarlikni baholash va chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash bosqichlari
Bundan buyon Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlari orqali davlat idoralarining ishonch telefonlari faoliyati samaradorligini monitoring qilib boradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnomalar kiritadi.
2023-2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturiga ko‘ra:
- davlat organlari va tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushayotgan mablag‘larning sarflanishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi;
- davlat xaridlari tartib-taomillarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi;
- vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati hrm.argos.uz elektron bazasi orqali amalga oshiriladi;
- maktabgacha va maktab ta’limi sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi;
- korrupsiya to‘g‘risida xabar beruvchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi;
- “Ochiq hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lish choralari ko‘riladi.
Dasturda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 19.12.2024
Qirg‘izistonda militsiya xodimlarini suratga olishni taqiqlovchi qonun loyihasi qabul qilinmadi
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
12:00 / 11.12.2024
Netanyahu korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan sudda ko‘rsatma berishni boshladi
21:00 / 09.12.2024