Bugun, 27 noyabr kuni “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş hamda davlat organlari va taşkilotlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazorati tizimi samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga asosan, 2023 yil 1 dekabrdan boşlab quyidagi ma’lumotlar oçiq e’lon qilib boriladi:
- hududlar kesimida “Haj” tadbiriga boriş uçun navbatda turgan ziyoratçilarning yagona onlayn navbati (ziyoratga boruvçi şaxsning arizasi navbatga qöyilgan sana va röyxatdagi tartib raqami);
- bolalarni davlat maktabgaça ta’lim taşkilotiga qabul qiliş uçun berilgan arizalar navbati (ariza navbatga qöyilgan sana, röyxatdagi tartib raqami, yoş guruhi hamda taşkilot raqami);
- markaziy, hududiy va tizim taşkilotlarida böş iş örinlari, işga qabul qiliş şartlari, nomzodlarga qöyiladigan talablar va taqdim qilinişi lozim bölgan hujjatlar;
- davlat organlari va taşkilotlari tomonidan nodavlat notijorat taşkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, şu jumladan, ğolib bölgan nodavlat notijorat taşkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan işlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma’lumotlar;
- davlat organlari va taşkilotlarida davlat xaridlarini amalga oşiriş tartib-taomillarini belgilovçi xarid komissiyasining içki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yöriqnoma yoki boşqa içki idoraviy hujjat).
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi qaroriga asosan, Hajga boradigan ziyoratçilarning yagona onlayn navbati Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasining rasmiy saytlarida e’lon qilib borilişi belgilangan, lekin bu amalga oşmagan edi.








