O‘zbekiston | 18:50 / 20.06.2019
66777
2 daqiqa o‘qiladi

Elmira Bositxonova Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovna Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

«Yuksalish» harakatining telegramdagi kanalida xabar qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar bosh vazir tomonidan kiritilgan Bosh vazir o‘rinbosari nomzodini tasdiqlashdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovnani Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma'qullash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bositxonova bu lavozimda Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva o‘rnini egalladi.

Elmira Bositxonova 1958 yilda tug‘ilgan, 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining «davolash ishi» yo‘nalishini tamomlagan. 1981-2011 yillarda shifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bosh shifokori.

U 2011-2016 yillarda ham Xotin-qizlar qo‘mitasiga rahbarlik qilgan, 2016 yilning 12 dekabridan buyon Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tanzila Kamalovna Norboyeva 2016 yilning 14 dekabrida Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshlagandi. U 2018 yil dekabrida ushbu lavozimga yaqin besh yil uchun qayta saylangan edi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 1 apreldan Prezident tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi a'zolari bosh vazir taqdim etgan nomzod Qonunchilik palatasi tomonidan ma'qullanganidan so‘ng tasdiqlanishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan. 

Mavzuga oid