12 dekabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimidan ozod etilgan, Özbekiston boş vazirining endilikda sobiq örinbosari Elmira Basitxanova örniga yangi rahbar tayinlandi.
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi raisi, pedagogika fanlari nomzodi Narbayeva Tanzila Kamalovna Boş vazir örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi bölgan. Bu haqda Kun.uz naşriga federatsiyadagi manba ma'lumot berdi.
Ayni vaqtda kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi raisligi böş turibdi.

Bundan oldinroq öz lavozimidan ozod etilgan Elmira Basitxanova Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligida vazir örinbosari lavozimida iş boşlagani haqida xabar berilgandi.








