Jahon | 08:06 / 11.06.2018
6670
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Kim Chen In sammitda «yangi munosabatlarni» muhokama qiladi

Foto: Joseph Nair/AP

KXDR yetakchisi Kim Chen In va Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Singapurda 12 iyun kuni bo‘lib o‘tuvchi sammit davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi «yangi munosabatlarni» muhokama qiladi. Bu haqda Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, har ikki davlat yetakchilari o‘zaro manfaatli bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

«Bu ham KXDR va AQSh o‘rtasida davr o‘zgarishi talablarini inobatga olgan holda yangi munosabatlarni o‘rnatish masalasi, ham Koreya yarim orolida mustahkamlik tinchlik tizimini barpo etish, Koreya yarim orolini yadrosizlantirish bo‘yicha masala va boshqalar», - deyiladi Koreya Markaziy telegraf agentligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen Inning uchrashuviga nega aynan kurort orol tanlangani aytilgandi. 

Mavzuga oid