Singapurdagi Sentoza oroli odamlar kam böluvçi bunday joyni nazorat qiliş qulayligi sababli AQŞ va KXDR sammiti uçun maydonça sifatida tanlandi. Bu haqda NBC News xavfsizlik böyiça ekspertlarga asosan xabar qilmoqda.

Xususan, uçraşuv Singapur janubiy sohillaridagi haşamatli mehmonxonada bölib ötadi. Ta'kidlanişiça, joy «hodisalar maxsus hududi» sifatida belgilangan, bu yerda xavfsizlik çoralari misli körilmagan darajada kuçaytirilgan böladi.

Şu bilan birga, Floridadagi qöriqlaş kompaniyasining xavfsizlik böyiça eksperti Tim Bredliga köra, taşqi va içki tahdidlar bor, hamda bunday orolda bölgan holatda taşqi tahdidlar ança kamayadi.

Bundan taşqari, Singapur xavfsiz va işonçli davlat bölib, neytral hudud hisoblanadi, deya qayd etadi ekspertlar. Bu uşbu joy nega sammitni ötkazişga tanlanganiga yana bir sababdir.

«Hukumatda nazorat olib boriş va Singapurdagi odamlarni kuzatiş böyiça muammolar yöq. Mening fikrimça, bu tabiiy tanlov edi, hamda u har ikki tomonni öziga darhol jalb qildi», - deya aytib ötgan Bredli.

Biroq, telekanalning ta'kidlaşiça, AQŞdagi rasmiy şaxslar sammitdagi Xitoy josusligi böyiça muammodan taşvişda bölib turibdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen Inning Singapurga qaçon kelişi aytilgandi.