Fan-texnika | 12:54 / 01.08.2018
10714
4 daqiqa o‘qiladi

Turli brauzerlarda inkognito rejimini qanday ishga tushirish mumkin?

Illyustrativ foto

Turli brauzerlarda inkognito rejimini qanday ishga tushirish mumkin? Birinchisi - klaviatura yordamida.

Bu eng oddiy usul. Chrome, «Yandeks.Brauzer», Opera, Safari brauzerlarining desktop versiyalarida quyidagi tugmalarni bosish kifoya: 

Ctrl + Shift + n — Windows, Linux, Chrome OS uchun;
Command + Shift + n — macOS uchun.
Firefox, Internet Explorer va Microsoft Edge:
Ctrl + Shift + p — Windows, Linux, Chrome OS uchun;
Command + Shift + p — macOS uchun.

Chrome brauzerida inkognito rejimini ishga tushirish

Desktop versiyada

Brauzerni oching. Yuqori o‘ng burchakdagi «Nastroyka i upravleniye Google Chrome» tugmasini bosing (uchta vertikal nuqta ko‘rinishida). Sichqoncha strelkasida «Novoye okno v rejime inkognito» yozuvini tanlang.

Mobil versiyada

Manzil satrining o‘ng tarafidagi «Yeshchyo» belgisini tanlang (uchta vertikal nuqta). «Novaya vkladka inkognito» yozuvini tanlang.

«Yandeks.Brauzer»da inkognito rejimini ishga tushirish

Desktop versiyada

Yuqori o‘ng burchakdagi uchta gorizontal chiziqni bosing. Ro‘yxatdan «Rejim inkognito» yozuvini tanlang.

Mobil versiyada

Manzil satrida joylashgan menyu tugmasini bosing. «Novaya vkladka Inkognito» yozuvini tanlang.

Firefox brauzerida inkognito rejimini ishga tushirish 

Desktop versiyada

Yuqori o‘ng burchakdagi uchta gorizontal chiziqni bosing («Otkryt menyu» klavishi). «Novoye privatnoye okno» funksiyasini tanlang.

Mobil versiyada

Yuqori o‘ng burchakdagi uchta vertikal nuqtani bosing. «Privatnaya vkladka» yozuvini tanlang.

Opera brauzerida inkognito rejimini ishga tushirish 

Desktop versiyada

Yuqori o‘ng burchakdagi brauzer belgisini bosing. Ro‘yxatdan «Sozdat privatnoye okno» yozuvini tanlang.

Mobil versiyada

«Vkladka» bo‘limini tanlang. Inkognito rejimiga o‘tish uchun ekranni chap tomonga suring.

Internet Explorer brauzerida inkognito rejimini ishga tushirish 

Yuqori o‘ng burchakdagi g‘ildirak ko‘rinishidagi «Nastroyki» tugmasini bosing. Ochilgan ro‘yxatdan «Bezopasnost» menyusini oching. «Prosmotr InPrivate» funksiyasini tanlang.

Microsoft Edge brauzerida inkognito rejimini ishga tushirish 

Desktop versiyada

Yuqori o‘ng burchakda joylashgan «Dopolnitelno» belgisini tanlang. «Novoye okno InPrivate» yozuvini tanlang.

Mobil versiyada

Yuqori o‘ng burchakda joylashgan «Nastroyki» belgisini bosing. «Novaya vkladka InPrivate» funksiyasini tanlang.

Safari brauzerida inkognito rejimini ishga tushirish 

Desktop versiyada

Menyudan «Fayl» bo‘limini oching. «Novoye chastnoye okno» okno yozuvini tanlang.

Mobil versiyada

Yuqori o‘ng burchakda joylashgan «Vkladki» menyusini oching. «Chastnyy dostup» yozuvini tanlang. So‘ngra plyus belgisini bosing.

Inkognito rejimini o‘chirish

Barcha brauzerlarda inkognito rejimida ochilgan oynani yopish kifoya.

Inkognito rejimi xavfsizlikni ta'minlay oladimi?
 
Afsuski, inkognito rejimi shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish kafolatini bermaydi. Ayrim brauzerlar sizning faolligingiz tashrif buyurgan saytlaringizda kuzatib turilishi va internet-provayderga ham ko‘rinib turishi haqida ogohlantirib ham qo‘yadi.

Mavzuga oid