Aksilkorrupsiya agentligi Shaxmat federatsiyasidagi ehtimoliy korrupsiya holatlari yuzasidan o‘rganish boshladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi budjetdan Shaxmat federatsiyaga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflangani va ehtimoliy korrupsiya holatlari yuzasidan o‘rganish boshladi. Avvalroq Kun.uz federatsiyaning moliyaviy faoliyati yuzasidan surishtiruv e’lon qilgandi.
Shuningdek, Aksilkorrupsiya agentligi sportning boshqa yo‘nalishlarida ham davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga oid o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Kun.uz o‘z ixtiyoridagi ma’lumotlarga tayanib, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining moliyaviy faoliyatiga aloqador masalalar yuzasidan surishtiruv e’lon qilgan edi. Maqolada federatsiya o‘z balansidagi Malibu avtomobilini «Markaziy shaxmat klubi» MChJga bozor qiymatidan 3 barobar arzonroqqa sotgan va bu tashkilotga 1,8 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘larini o‘tkazib bergani keltirilgan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, «Markaziy shaxmat klubi» MChJ direktori Husan Turdialiyev bir vaqtning o‘zida jamoatchilik asosida Shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlaydi. Malibu’ni sotib olgan MChJ ta’sischilaridan biri Jahongir Kamolov esa Shaxmat federatsiyasining IT-menejyeri hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
17:45 / 13.06.2024
“Ma’lumotlar berilmagan” – Aksilkorrupsiya agentligi “GASN”ning korrupsiyaga qarshi reytingdagi qoniqarsiz o‘rni haqida
17:26 / 24.11.2023
Aksilkorrupsiya agentligi Hajga navbatlarni ochiqlashni taklif qildi. Bajarilmayotgan bu talab hukumat qarorida 6 yildan buyon mavjud
15:34 / 13.11.2023