Kun.uz öz ixtiyoridagi ma’lumotlarga tayanib Özbekiston Şaxmat federatsiyasining moliyaviy faoliyatiga aloqador masalalarni örgandi. A’zolik badali va homiylik mablağlari hisobiga faoliyat yurituvçi taşkilotning ayrim moliyaviy operatsiyalari e’tiborni tortdi.

Özbekiston Şaxmat federatsiyasi

53 million sömga sotilgan «Malibu»

Federatsiya öz ixtiyoridagi 2015 yilda işlab çiqarilgan «Malibu» rusumli avtotransport vositasini 2021 yil yanvar oyida «Markaziy şaxmat klubi» MÇJga 53,5 million sömga sotgan.

Şaxmat federatsiyasining tasdiqlaşiça, «Malibu» «Markaziy şaxmat klubi» MÇJga oldi-sotdi şartnomasi asosida sotilgan. Federatsiya bu narx amaldagi qonunçilikka asosan hisoblangan amortizatsiya ajratmasi hamda Özbekiston Şaxmat federatsiyasi ijroiya qömitasi qarori asosida belgilanganini ma’lum qildi.

«Özbekiston Şaxmat federatsiyasi NNT bölgani sababli öz faoliyatini qonunçilikka asosan mustaqil amalga oşirilişi sabab, Özbekiston Şaxmat federatsiyasining saylangan va mustaqil faoliyat olib boradigan taftiş komissiyasi tomonidan örganilib tegişli xulosalar berilgan va yuqoridagi narxga baholangan», deyiladi federatsiya izohida.

Masalaning ikki jihati oldi-sotdini rasmiylaştirişda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgan bölişi ehtimoli borligini körsatmoqda.

Birinçidan, federatsiya mulki örtaça bozor narxi (taxminan 150 million söm)dan qariyb 3 barobar arzonga sotilgan.

Ikkinçidan, oçiq ma’lumotlarga köra, «Markaziy şaxmat klubi» MÇJ direktori Husan Turdialiyev bir vaqtning özida jamoatçilik asosida Şaxmat federatsiyasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlaydi. «Malibu»ni sotib olgan MÇJ ta’sisçilaridan biri Jahongir Kamolov esa Şaxmat federatsiyasining IT-menejyeri hisoblanadi.