Sport | 08:30 / 15.08.2018
9489
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Madrimov: «Har bir sportchimiz oltin medalga loyiq» 

Xabaringiz bor, 18 avgust kuni Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari start oladi. Kun.uz muxbiri ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining bayroqdori Isroil Madrimov bilan “Toshkent” xalqaro aeroportida suhbat uyushtirdi.

“Kayfiyatlar a'lo darajada. Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi. Bayroqdor bo‘lishning ham mas'uliyati juda katta. Bu narsani kutmagandim. Lekin, shu narsa yuklanganidan so‘ng o‘zimga ishonch ham ortdi. 

Faqat yutuq haqida o‘ylayapmiz, boshqa narsa yo‘q. Qozog‘iston, Filippindan kuchli bokschilar bor. 

Umid qilamizki, terma jamoaning har bir a'zosi medalni qo‘lga kiritadi. Sababi har bir sportchimiz oltin medalga loyiq. Rejamiz maksimal darajada”, - deya aytib o‘tdi Isroil Madrimov.

Mavzuga oid